Samsung Galaxy A7 (SM-A710F) Руководство по эксплуатации онлайн [699/729] 775469

Samsung Galaxy A7 (SM-A710F) Руководство по эксплуатации онлайн [699/729] 775469
O'zbek
698
Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda undan foydalanmang yoki
uni nam qolingiz bilan ushlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Zaryadlash qurilmasining musbat va manfiy uzatgichlarini bir-biriga
ulamang
Bunday qilish yong‘inni keltirib chiqarishi yoki jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida
foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash
qurilmalari, aksessuarlar va taminotdan foydalaning
• Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish,
qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning
buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki
batareyaning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.
• Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun
mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos
kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy
zarar yetkazishi mumkin.
• Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlar va
ehtiyot qismlardan foydalanilgan taqdirda, Samsung qurilma
foydalanuvchisining xavfsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.
Qurilmangizni orqa chontaklaringizda yoki belingizda olib
yurmang
• Agar qurilma katta bosim bilan bosilsa, qurilmaga zarar yetishi, u
portlashi yoki yonib ketishi mumkin.
• Biror narsaga urilsangiz yoki yiqilsangiz Sizga shikast yetishi mumkin.
Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va
zararlamang

Содержание

Похожие устройства

Скачать