Атлант 7606-002 N Руководство по эксплуатации онлайн [31/44] 781643
![Атлант 7606-002 N Руководство по эксплуатации онлайн [31/44] 781643](/views2/2013358/page31/bg1f.png)
31
UZB
Jildirab oqish tovushlari sovutish tizimi naychalari orkali xladagent
oqayotganligidan dalolat beradi, ehtimoliy qirsillash ovozlari metallning
haroratga oid kengayishi bilan bog‘liq.
No Frost tizimli muzlatkichdagi kuchsiz guvillagan tovush undagi
ventilatorning ishlashi bilan bog‘liq.
7.3 Muzlatkichdan foydalanish jarayonida qo‘shimcha shovqinlar
manbaalari yuzaga kelishi mumkin.
Shovqinning kuchayishi muzlatkichning hamda uning ichidagi
tarkibiy qismlarning noto‘g‘ri joylashtirishganligi natijasida kelib
chiqishi mumkin. Muzlatkichni va uning ichidagi tarkibiy qismlarni qayta
joylashtirib, shovqinni pasaytirish mumkin.
Shuningdek, agar muzlatkichni tashish (joydan-joyga ko‘chirish yoki
tozalagandan keyin noto‘g‘ri joylashtirish)dan so‘ng muzlatkichning
ayrim unsurlari (kondensator, naychalar, simlar) bir-biriga tegib
qolgan bo‘lsa, ular ham shovqin manbaalari bo‘lib qolishi mumkin.
Muzlatkich unsurlari holatini rostlagach yoki ularni to‘g‘ri holatda
o‘rnatgach, muzlatkich ishidagi qo‘shimcha shovqinni bartaraf etish
mumkin bo‘ladi.
7.4 Muzlatkich shkafi uning eshigi perimetri bo‘ylab qiziydi,
bu kondensat paydo bo‘lishini oldini oladi. Qizish harorati tashqi
muhitning haroratiga, muzlatkichda saqlanayotgan mahsulotlar miqdori,
shuningdek kondensatorning ifloslanganligiga bog‘liq. Ishlash jarayonida
qizishning oshishi nosozlik hisoblanmaydi.
DIQQAT! Bir yilda kamida
ikki marotaba, muzlatkichni elektr
tarmog‘idan uzgan holda va uni devordan
surib turib, muzlatkichning orqa devorini
va kondensatorni 5-rasmga muvofiq
changyutkich bilan tozalab turish tavsiya
etiladi. Kondensatorda chang paydo
bo’lishi elektrenergiya sarflanishini
oshiradi.
7.5 Ishlab chiqarish jarayonida
muzlatgichning sirtlarida issiqlik izolyatsiya
materialining xususiyatlari tufayli paydo
bo‘lgan ahamiyatsiz notekisliklarga ruxsat etiladi, ular muzlatgichning
ishlashiga ta’sir etmaydi va issiqlik izolyatsiyasini yomonlashtirmaydi.
8 ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH BO‘YICHA
TAVSIYALAR
8.1 Muzlatgich tomonidan elektr energiyasini iste‘mol qilinishi
atrof-muhit harorati, o‘rnatish joyi kabi ko‘pgina shartlarga bog‘liq
boladi.
8.2 Muzlatgichni quruq, yaxshi shamollatidadigan xonaga isitish
asboblari va boshqa issiqlik manbalaridan kamida 50 sm masofada
o‘rnatish kerak. Muzlatgichga quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Muzlatgich ustida havoning yaxshi aylanishini ta’minlash uchun
uning yon tomonlarida 5 sm dan kam bo‘lmagan bo‘sh joy bo‘lishi kerak.
Xona devorlarigacha bo‘lgan optimal masofani ta’minlash uchun
orqa tayanchlarni o‘rnatish lozim. Jihozning ventilyatsion tirqishlarini
to‘sib qo‘ymang.
8.3 Zarur bo‘lgan hollarda savatchalarni muzlatgichdan olib qo‘yish
mumkin, biroq savatchalardan foydalanish eng samarali elektr iste’moli
bilan ta’minlaydi.
Muzlatgichdan quyi savatchasiz No Frost tizimi bilan foydalanilishiga
yo‘l qo‘ymang.
8.4 Jihozning elektr iste’moli o‘rnatilgan haroratga bog‘liq
bo‘ladi. Haroratni zarur bo‘lgan darajadan pastroqqa o‘rnatish tavsiya
qilinmaydi.
Harorat qanchalik baland (iliqroq) bo‘lsa, elektr iste’moli shunchalik
past bo‘ladi, biroq bunda mahsulotlarni saqlash muddati qisqaradi.
8.5 Muzlatgichga issiq mahsulotlar va ichimliklarni joylashtirmaslik
kerak. Muzlatgichdagi haroratning ortishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
ularni avval xona haroratigacha sovutib olish lozim, muzlatgichdagi
haroratning ortishi kompressor ishlash vaqtining va mos tarzda elektr
energiyasi sarfining ortishiga olib keladi.
Mahsulotlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinmaydi:
– No Frost (mavjud bo‘lgan hollarda) tizimi havo kanallarini to‘sib
qo‘ymaslik uchun orqa devorga tirab qo‘ygan holda;
– harorat datchigiga (mavjud bo‘lgan hollarda) tirab qo‘ygan
hollarda.
8.6 Saqlash yoki muzlatish uchun mahsulotlarni germetik tarzda
qadoqlash yoki yopiq idishlarga joylashtirish lozim.
8.7 Muzlatgich eshigini juda qisqa muddatlarga ochish tavsiya
qilinadi. Eshiklarni tez-tez va uzoq vaqt ochib turish bo‘linmalardagi
haroratning va mos tarzda elektr energiyasi sarfining ortishiga olib keladi.
8.8 Muzlatgichni muntazam ravishda No Frost tizimisiz muzdan
tushirib turish tavsiya qilinadi. Bug‘latgichda qirov hosil bo‘lishi sovutish
agregati ish samaradorligini pasayishiga va elekr energiyasi iste’molining
ortishiga olib keladi.
8.9 Muzlatgich kondensatori va orqa devorini changyutgich
yordamida muntazam ravishda tozalab borish tavsiya qilinadi.
Kodensatorda changlarning paydo bo‘lishi elektr energiyasi sarfining
ortishiga olib keladi.
9 SAQLASH VA TASHISH QOIDALARI
9.1 O‘ramga solingan muzlatkich nisbiy namligi 80% dan ortiq
bo‘lmagan, tabiiy shamollatishga ega bo‘lgan yopiq joylarda saqlanishi
lozim.
9.2 Agar muzlatkichdan uzoq muddat foydalanilmaydigan bo‘lsa,
uni elektr tarmog‘idan uzish, barcha mahsulotlarni chiqarib olish,
muzidan tushirish, tozalash lozim. Muzlatkichda noxush hid paydo
bo‘lmasligi uchun, tozalangandan so‘ng uning eshiklarini yarim
ochilgan holda qoldirish kerak.
9.3 Muzlatkichni tashishni ish holatida turishida (vertikal holda),
har qanday turdagi yopiq transportda, uni mustahkam ravishda
mahkamlagan holda amalga oshirish kerak.
Yuklash-tushirish ishlari davomida muzlatkichni zarbli ta’sirlarga
solish MAN ETILADI.
DIQQAT! Sinib qolmasligi uchun, muzlatkichni uning maskasi,
eshigi, eshik dastagi va dekorativ qoplamasidan ushlagan holda
joydan-joyga ko‘chirmang.
10 YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN NOSOZLIKLAR
VA ULARNI BARTARAF ETISH USLUBLARI
10.1 Iste’molchi tomonidan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan
nosozliklar 2-jadvalda keltirilgan. Agar nosozlikni mustaqil ravishda
bartaraf eta olinmagan bo‘lsa, servis xizmati mexanigini chaqirish lozim.
10.2 Servis xizmatiga murojaat etilganda muzlatkichning rusumi
va zavod raqamini aytish lozim.
11 UTILIZATSIYA QILISH
11.1 Muzlatkichni o‘rash uchun foydalaniladigan materiallar
ikkilamchi xomashyoni qabul qilish shoxobchalariga kelib tushsa, ularni
to‘liq qayta ishlash va takroran foydalanilishi mumkin.
DIQQAT! Bolalarga o‘ram materiallari bilan o‘ynashlariga
ruxsat bermang, chunki karton qutida yopinib olib yoki o‘ram
plyonkasiga o‘ralashib qolib, dimiqib qolish mumin.
11.2 Utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan muzlatkichni, elektr ta’minot
shnurini kesib tashlash yo‘li bilan undan foydalanib bo‘lmaydigan holga
keltirish kerak va mamlakatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq
utilizatsiya qilish lozim.
11.3 Sovutish tizimining naychalari utilizatsiyaga qadar
shikastlanmasligiga diqqat-e’tiborda bo‘lish lozim. Sovutish tizimidagi
R600a xladagenti mutaxassis tomonidan utilizatsiya qilinishi lozim.
12 KAFOLAT MAJBURIYATLARI VA TEXNIK
XIZMAT KO‘RSATISH
12.1 Muzlatkichning kafolatli foydalanish muddati 3 yilni
tashkil qiladi.
Kafolat muddati sotish sanasidan boshlab hisoblanadi, sotish
haqidagi belgi bo‘lmagan taqdirda – mahsulotning zavod raqamida
ko‘rsatilgan ishlab chiqarish sanasidan boshlab hisoblanadi.
12.2 Yetkazib berish to‘plamiga kiruvchi plastmassa jihozlar,
dekorativ qoplama, tirgaklar, eshik zichlashtirgichi va eshikning
plastmassa dastagi uchun kafolat amal qilmaydi
12.3 Kafolat majburiyatlari quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
– servis tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilmagan shaxslar tomnidan
ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga;
5-Rasm
kondensator
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Содержание
- Морозильник 3
- Морозильник 8
- Мұздатқыш 13
- Жәндіктер мен кеміргіштер әсерінен туындаған ақаулықтар мен зақымданулар 12 пайдаланудың кепілді мерзімінде мұздатқыштың жұмыс істеу сапасын тексеру тегін орындалады мұздатқышты кепілді жөндеу үшін жеткізу және жөндеуден кейін оны қайтару кепілді жөндеуді жүзеге асыратын ұйымның күші мен қаражатымен орындалады егер тексеру нәтижесінде мұздатқыштың кемшілігі расталмаса көлік шығындарын иегер сервистік қызмет прейску ранты бойынша төлейді мұздатқышты пайдалану талаптарын бұзу салдарынан ақаулық орын алған жағдайда көлік шығындары мен жөндеулі иегер сервистік қызмет прейскуранты бойынша төлейді 12 күллі қызмет ету мерзімінде мұздатқышқа техникалық қызмет көрсету және жөндеуді сервитік қызметтің білікті механигі орындауы тиіс 17
- Назар аударыңыз өндіруші сатушы бұйымды ор нату қосу және пайдалану ережелерін сақтамау салдары нан туындаған тұтынушы өміріне денсаулығына немесе мүлкіне келтірілген зиян үшін жауапкершілік жүктемейді тұтынушы сатушы және өндіруші құқықтары мен міндеттері тұтынушылар құқықтарын қорғау туралы заңмен регла ментацияланады 12 сервистік қызметтің орналасқан орны туралы мәліметтерді мұздатқышты сатқан ұйымнан алған сонымен қатар жеткізу жиынтығына кіретін өкілетті сервис ұйымдарының тізімінен тапқан жөн назар аударыңыз сервистік қызмет механигінен мұздатқыштың қызмет ету кезеңі ішіндегі барлық орындалған жұмыстар бойынша 3 кестені 43 қар толтыруды талап етіңіз 17
- Dondurucu 18
- Cәdvәl 2 22
- Ilә istehlakçının hәyatına sağlamlığına vә ya әmlakına dәymiş ziyana görә mәsuliyyәt daşımır i stehlakçının satıcını vә istehsalçının hüquqları vә öhdәliklәri i stehlakçıların hüquqlarının müdafiәsi haqqında qanunla nizamlanır 12 servis xidmәtinin yeri haqqında mәlumatı dondurucunu satan tәşkilatdan almaq olar hәmçinin çatdırılma dәstinә daxil olan servis tәşkilatlarının siyahısında tapmaq olar di qqət servis xidmәtinin mexanikindәn dondurucunun xidmәt müddәti boyunca yerinә yetirilmiş bütün işlәr üzrә cәdvәl 3 ü bax s 43 doldurmasını tәlәb edin 22
- Әgәr yoxlama nәticәsindә dondurucunun nöqsanı tәsdiq olunmayıbsa nәqliyyat xәrclәrini servis xidmәtinin preyskurantına әsasәn dondurucunun sahibi ödәyir nöqsanın dondurucunun istismar şәrtlәrinin pozulması sәbәbi ilә әmәlә gәldiyi halda nәqliyyat xәrclәrini vә tәmiri servis xidmәtinin preyskurantına әsasәn dondurucunun sahibi ödәyir 12 dondurucunun bütün xidmәt müddәti әrzindә texniki xidmәti vә tәmiri servis xidmәtinin ixtisaslı mexaniki tәrәfindәn aparılmalıdır di qqət i stehsalçı satıcı mәmulatın quraşdırılması işә salınması vә istismarı qaydalarının riayәt olunmamağı sәbәbi 22
- Congelatorului 23
- Muzlatkich 28
- Яхкунонанда 33
- Тоңдургуч 38
- Rus ukr kaz aze ron uzb tgk kyr 43
Похожие устройства
- Атлант 7184-501 Руководство по эксплуатации
- Asko WMC6743PF.S Руководство по эксплуатации
- Asko TDC1773VF.S Руководство по эксплуатации
- Asko TDC1485VB.T Руководство по эксплуатации
- Атлант М-7606-180 N Руководство по эксплуатации
- Атлант 7401-100 Руководство по эксплуатации
- Атлант 7605-100 N Руководство по эксплуатации
- Атлант 4021-000 Руководство по эксплуатации
- Атлант 4009-022 Руководство по эксплуатации
- Tefal VP6591RH Руководство по эксплуатации
- Tefal TW7621EA Руководство по эксплуатации
- Tefal SV7040 Руководство по эксплуатации
- Tefal KI730132 Руководство по эксплуатации
- Aeronik ASI-09IL2 Руководство по эксплуатации
- Snaige RF 53SG-S5CB210 Руководство по эксплуатации
- Snaige RF 36SM-S100210 Руководство по эксплуатации
- Siemens KI86FHD20R Руководство по эксплуатации
- Siemens TE655319RW Руководство по эксплуатации
- Polaris PEG 0503 Руководство по эксплуатации
- Scarlett SC-KS57P58 Руководство по эксплуатации