AENO EG1 (AEG0001) Руководство по эксплуатации онлайн [115/122] 791156

AENO EG1 (AEG0001) Руководство по эксплуатации онлайн [115/122] 791156
aeno.com/documents 115
ESLATMA. Siz mahsulotni tayyorlash paytida haroratni va isitish vaqtini tegishli
“Yuqoriga” va “Pastga” tugmachalarini bosib o'zgartirishingiz mumkin. Kutish
rejimida (tartibida) haroratni sozlash uchun ushbu tugmachalarni bir vaqtning
o'zida bosish haroratni o'lchash shkalasini °C dan °F gacha o'zgartiradi.
Oldindan qizdirish. “Start” tugmasini bosing. Displeyda “PRE” yozuvi paydo
bo'ladi. Oldindan qizdirish tugagandan so'ng, ovozli signal 5 marta jaranglaydi.
ESLATMA. Oldindan qizdirish vaqtida gril ichiga pishiriladigan mahsulotni
qo'ymang.
Mahsulotni pishirish. Grilni oching va mahsulotni pastki olinadigan panelga
joylashtiring. Grilni yoping.
ESLATMA. Agar pitsa yoki baliq pishirsangiz ularning shaklini yo'qotmaslik
uchun grilda uning qopqog'ini yopmasdan pishirishingiz mumkin (d rasmga
qarang). Agar steyk yoki sosikalarni pishirsangiz, grilning qopqog'ini yopib
pishiring.
"Start" tugmasini bosing. Displeyda joriy haroratning qiymati ko'rsatiladi va
vaqtni orqaga qaytadan hisoblash boshlanadi.
ESLATMA. Agar siz “Start” tugmachasini bosmasangiz, gril 30 daqiqadan so'ng
kutish rejimiga (tartibiga) o'tadi: displeyda “OFF” (“O'chirilgan”) ko'rsatiladi.
Vaqtni orqaga qaytadan hisoblash tugagandan so'ng, 5 marta ovoz signali
jaranglaydi. Displeyda “DONE” (“Tayyor”) yozuvi ko'rsatiladi.
Gril rejimining (tartibining) rang ko'rsatkichlari jadvali (c rasmga qarang):
Indikator (ko'rsatkich) rangi Gril rejimi (tartibi)
Havo rang Oldin qizdirish amalga oshmayapti
Yashil Oldindan qizdirish yakunlandi

Содержание

Похожие устройства

Скачать