Samsung MW5000T Black (MG23T5018AK) Руководство по эксплуатации онлайн [165/192] 804833

Samsung MG23T5018AW/BW Руководство по эксплуатации онлайн [165/192] 803533
O'zbek 21
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-10
Olxo'ri qoqili tovuq
oyoqchalari
325 g
(2 dona)
Yupqa to'g'ralgan piyoz - 15 g, yupqa to'g'ralgan sabzi -
20 g, tovuq oyoqchasi - 2 dona (160-180 g), qora olxo'ri
- 5-7 dona (50 g), tovuq bulyoni yoki quruq konsentratli
suv - 150 ml
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini ichi chuqir tarelkaga soling. Ustidan tovuq oyoqchalarini
qo'ying, qora olxo'ri va bulon qo'shing. Tarelkani mikroto'lqinli pechga
joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida
oyoqchalarni ag'daring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
2-11
Xantal sousi qo'shilgan
cho'chqa bo'yni
250 g 01 Cho‘chqa bo‘yni - 150 g, qirilgan sabzi - 20 g,
to‘g‘ralgan piyoz - 20 g, tovuq go‘shtidan
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan
bulon kubikchasi - 100 ml
02 Sous uchun aralashma: Un - 5 g, dijon xantali -
20 g, smetana - 30 g, suv - 50 ml
Ko'rsatmalar
Go'shtni uzun bo'lakchalarga kesing, sabzavotlarni tayyorlang va tovuq
bulonini qo'shing. (01) Tarelkaga quying. Yaxshilab aralashtiring va
tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (02). Pech
tovushli signal berganida aralashmani go'shtli bulonga quying, aralashtiring
va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
2-12
Sabzavotlar bilan
pishirilgan forel
210-240 g Sariyog' - 5 g, yupqa sabzi - 35 g, yupqa piyoz - 25 g,
qiymalangan sarimsoq -3 g, maydalangan selderey
barglari - 5 g, forel - 1 dona - 220-250 g, tuz - 1 g,
yanchilgan oq qalampir - ½ g, sariyog' - 5 g
Ko'rsatmalar
Mumlangan qog'oz o'rtasini sariyog' bilan yog'lang. Qog'ozga sabzi, piyoz,
sarimsoqpiyoz va seldereyni qo'ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo'shilgan
forelni qo'ying. Baliqning tepa qismini sariyog' bilan yog'lang. Qog'oz bilan
yoping. Uni mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-7
Pishloqli suxarilar
125 g (5 dona) Pishloq - 125 g (har biri 25 grammdan 4-5 dona), tuxum -
½ dona, bulash uchun suxari uni - 3-5 g
Ko'rsatmalar
Pishloqni 5 sm x 5 sm o'lchamlardagi to'rtburchak shaklidagi bo'laklarga
kesing. Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va ustidan maydalangan suxari
seping. Avval pech grilini 5 daqiqa qizdirib oling. Pishloqni mumlangan
qog'ozga joylashtiring. Keyin uni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni
boshlang.
2-8
Moskvacha baliq
270 g 01 Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g,
o'simlik yog'i - 5 g
02 Smetana- 30 g (2 x 15 g)
03 Pishirilgan kartoshkaning dumaloq bo'laklari -
2 dona (60-70 g/dona), tuz - 5 g, yanchilgan oq
qalampir - ½ g, qirilgan pishloq - 25 g
Ko'rsatmalar
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. Yog'dan
tomizing(01). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana
porsiyasining yarmini sopol tarelkaga (markaziga) soling (02). Shu smetanaga
qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing. Baliq
atroga kartoshkani yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloq qo'yib chiqing(03).
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
2-9
Grillangan losos steyki
150-170 g Suyaklari va terisi bo'lgan losos steyki - 200-250 g, tuz -
1 g, limon - 15 g (sharbat), o'simlik moyi - 5 g
Ko'rsatmalar
Losos steykiga ziravorilarni seping va yog' bilan yog'lang. Tarelkaga
joylashtiring. Tarelkani gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
Pech tovushli signal berganida steykni ag'daring. Va tayyorlash jarayonini
davom ettiring.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 21 2020-07-09 오후 1:48:41

Содержание

Похожие устройства

Скачать