Samsung RB53DG703EB1WT Инструкция по эксплуатации онлайн [212/248] 873722

Samsung RB53DG703EB1WT Инструкция по эксплуатации онлайн [212/248] 873722
Ishlatish amallari
O'zbek48
Ishlatish amallari
SMART GRID (talabni qondirish) funksiyasi (tegishli modellarda)
Sovitkich SMART GRID (talabni qondirish) rejimida ishlaganda, quvvatni boshqarish funksiyasiga ega
sovitkich quvvat sarni nazorat qilishi yoki elektr energiyasining narxi yoki talab eng yuqori vaqtda
pulni tejash uchun ayrim funksiyalarning ishlashini kechiktirishi mumkin.
IZOH
SMART GRID (talabni qondirish) funksiyasini istalgan vaqtda Eng yuqori talabda oʻchirish
funksiyasi yordamida o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
SMART GRID (talabni qondirish) funksiyasidan foydalanish uchun elektr tarmogʻi kompaniyasi
bilan alohida shartnoma tuzish kerak.
Shuningdek, Smart Grid (talabni qondirish) funksiyasidan foydalanish uchun elektr tarmogʻi
kompaniyasidan shu xizmat boʻyicha roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Kompaniyada SEP (aqlli energiya
proi) funksiyasini dastaklaydigan EMS (Elektroenergiyani boshqarish tizimi) tizimi boʻlishi lozim.
SMART GRID (Talabni qondirish) funksiyasidan foydalanish
Bu funksiya kommunal xizmat kompaniyasidagi elektr energiyasining narxi va talab hajmi
maʼlumotlarini kuzatib boradi hamda elektr energiyasining narxi va talabi past boʻlgan vaqtlarda koʻp
quvvat saraydigan ishlarni bajarish uchun sovitkichga bildirishnomalar yuboradi.
Sovitkich kommunal xizmat kompaniyasining nazorat signalini qabul qilsa, sovitkich ekranida DAL
(L3) ~ TALR (L4) darajalari aks ettiriladi va quvvat sarni darajaga mos ravishda boshqarishga
kirishadi.
[Istisno holat] Kommunal xizmat kompaniyasining DAL va TARL nazorat signallari mahsulotning
funksionalligi dastaklanguncha ishlaydi.
Sovitkich SMART GRID (Talabni qondirish) signalini (DAL yoki TALR) qabul qilsa, u Delay Appliance
Load (jihoz yuklamasini kechiktirish) (Display:L3) yoki Temporary Appliance Load Reduction
(Jihozning vaqtinchalik yuklamasini kamaytirish) (Displey:L4) rejimida ishlaydi.
Qurilma yuklamasini kechiktirish (L3): Sovitkich DAL signaliga javoban kechiktirish muddati
davomida yuklamani oʻrta darajagacha kamaytiradi. Bu funksiya sovitish tizimini sozlash, muzdan
tushirish siklini ishga tushirish va muz tayyorlash kabi koʻp quvvat saraydigan funksiyalarni
boshqaradi.
- Sovitkich DAL (L3) rejimida ishlaganda, muzlatkich displeyida “L3” aks ettiriladi.
- DAL rejimi DAL signali orqali belgilangan vaqt (maks. 4,5 soat) tugaganda yoki Eng yuqori
talabda oʻchirish tugmasi bosilganda avtomatik faolsizlantiriladi.
Jihozning vaqtinchalik yuklamasini kamaytirish (L4): Sovitkich TALR signaliga javoban yuklamani
qisqa vaqtga keskin kamaytiradi. Bu funksiya kompressor ishini toʻxtatadi hamda muzdan
tushirish va muz ishlab chiqarish kabi koʻp quvvat saraydigan funksiyalarni boshqarish orqali
quvvat sarni kamaytiradi.
- Sovitkich TALR (L4) rejimida ishlaganda, muzlatkich displeyida “L4” aks ettiriladi.
- TALR (L4) rejimi signal qabul qilingan vaqt tugagandan keyin (maks. 15 daqiqa) yoki Eng
yuqori talabda oʻchirish tugmasi bosilganda avtomatik faolsizlantiriladi. Eshik ochilganda/
yopilganda yoki dispenser ishlatilganda, rejim darhol faolsizlantiriladi va sovitkich normal
holatga qaytadi.
Untitled-1 48 2024-02-26  2:41:12

Похожие устройства

Скачать