Philips PSG6042/20 Руководство по эксплуатации онлайн [61/64] 875380

Philips PSG6042/20 Руководство по эксплуатации онлайн [61/64] 875380
61
Muhim
Jihozdan foydalanishdan oldin alohida muhim maʼlumot varaqasi va foydalanuvchi qo'llanmasini
diqqat bilan o'qib chiqing. Ikki hujjatni ham kelgusida foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Bu jihoz faqat uyda foydalanishga mo'ljallangan. Har qanday tijorat maqsadida foydalanish, noto'g'ri
foydalanish yoki ko'rsatmalarga amal qilmaslik holatida ishlab chiqaruvchi javobgarlikni o'z zimmasiga
olmaydi va kafolat amal qilmaydi.
Xavf
Qurilmani aslo suvga botirmang.
Ogohlantirish
Agar vilka, tarmoq shnuri, bug' taʼminoti shlangi yoki jihozning o'zida ko'rinib turgan shikastlanish
bo'lsa, jihoz tushirib yuborilgansa yoki undan suv sizib chiqsa, jihozdan foydalanmang. Taʼmirlash
yoki servis uchun jihozni Philips kompaniyasi, Philips tomonidan vakolat berilgan servis markazi yoki
shu kabi malakali mutaxassislar ko'zdan kechirishi kerak.
Jihozni ulashdan oldin namunaviy tablichkada ko'rsatilgan kuchlanish mahalliy tarmoq
kuchlanishiga mos kelishini tekshiring.
Jihozni tarmoqqa ulangan holda qarovsiz qoldirmang.
Bu jihozdan xavfsiz foydalanish bo'yicha ko'rsatma berilgan yoki xavfsiz foydalanish uchun kuzatuv
ostida bo'lsa va unga bog'liq xatarlardan xabardor bo'lsa, 8 yosh va undan katta yoshdagilar va
jismoniy, sezgi yoki ruhiy qobiliyati cheklangan yoki tajribasiz va tushunchaga ega bo'lmagan
odamlar ham foydalanishi mumkin.
8 va undan katta yoshdagilar kuzatuv ostida jihozni, cho'kmalarni tozalash yoki olib tashlash
jarayonini amalga oshirishi mumkin.
Bolalar jihoz bilan o'ynashiga yo'l qo'ymang.
Jihoz yoqilganda yoki sovitilayotganda dazmol va uning tarmoq shnurini 8 va undan kichik
yoshdagilar yeta olmaydigan joyda saqlang.
Dazmolni ehtiyotkorlik bilan ishlating va bug'ni odamlar yoki hayvonlarga aslo yo'naltirmang,
chunki jihoz kuydiradigan bug' ajratadi.
Tarmoq shnuri va bug'ning taʼminot shlangi dazmolning issiq tag qismiga tegishiga yo'l qo'ymang.
Dazmollash vaqtida kuyishdan saqlanish uchun bug'lash faollashtirilganda barmoq va qo'llaringizni
dazmolning tag qismiga yaqinlashtirmang.
DIQQAT: Yuza issiq (1-rasm)
Foydalanish vaqtida yuzalar qizib ketadi (jihozda issiq belgisi mavjud dazmollar uchun).
Diqqat
Cho'kindilarni tozalash vaqtida jihozni nazoratsiz qoldirmang.
Bug' generatorining cho'kma yoki cho'kindilarini “Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish” bobidagi
ko'rsatmalar asosida tozalang.
Cho'kindilarni tozalash jarayonini cho'kindilarni tozalash konteyneri bilan amalga oshiring va
jarayonni to'xtatib qo'ymang.
Cho'kindilarni tozalash jarayonida dazmolni tovoniga qo'ymang, chunki issiq suv chiqishi mumkin.
Cho'kindilarni tozalash jarayonidan keyin cho'kindilarni tozalash konteyneri qizib ketadi. Unga
tegishdan oldin taxminan 5 daqiqa sovishini kuting.
Jihozni tekis, issiqlikka chidamli sirtda ishlatish va qo'yish kerak. Dazmolni joyiga qo'ysangiz, uning
sirti barqaror bo'lishini taʼminlang. Asos – dazmolning tovoni yoki dazmolni ishlatishda turg'azib
qo'yadigan qismi.
Jihozni faqat yerga ulangan rozetkaga ulang.
Vilkani devordagi rozetkaga ulashdan oldin tarmoq shnurini to'liq tarqating.
Dazmolning platformasi va uning tag qismi haddan ortiq qizib ketishi va tegsa, kuydirishi mumkin.
Agar bug' generatorini surmoqchi bo'lsangiz, dazmol platformasiga tegmang.
Dazmollashni tugatganda, jihozni tozalashda, bug' generatorini to'ldirib, bo'shatganda va dazmolni
qisqa muddatga qoldirganingizda, dazmolni dazmol platformasiga qaytarib qo'ying, jihozni
o'chiring va devordagi rozetkadan tarmoq vilkasini uzing.

Похожие устройства

Скачать