Samsung WW80AG6S28AELD Руководство по эксплуатации онлайн [152/184] 878919

Samsung WW80AG6S28AELD Руководство по эксплуатации онлайн [152/184] 878919
O'zbek
O'zbek
28
Ishga tushirishdan avval
IZOH
Birinchi marta kir yuvishdan oldin, barabanga hech narsa solmasdan bir marta to‘liq kir yuvish siklini
amalga oshirishingiz kerak.
Dastlabki sozlashlar
”Kalibrlash” funksiyasini bajarish (tavsiya etiladi)
Kalibrlash kir yuvish mashinasi tomonidan vaznni aniq aniqlashni kafolatlaydi. Kalibrlash-ni ishga
tushirishdan avval barabanning bo’sh ekanligiga ishonch hosil qiling.
1. Kir yuvish mashinasida quvvatni o'chiring, so'ng yana yoqing.
2. Harorat va Kechiktirish tugmasini birgalikda 3 soniya bosib turgan holda kalibrlash rejimiga
kiring. “Cb xabari paydo bo'ladi.
3. Kalibrlash siklini amalga oshirish uchun Boshlash/To’xtatish tugmasini bosing.
4. Baraban taxminan 3 daqiqa davomida aylanadi. (Barabanning aylanish yoʻnalishi modelga qarab
farq qilishi mumkin.)
5. Sikl yakuniga yetgach, displeyda “0 paydo bo'ladi va mashina avtomatik tarzda o'chadi.
6. Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.
Kir yuvish boʻyicha koʻrsatmalar
1-qadam Saralash
Kirlarni quyidagi mezonlar boʻyicha turlarga ajrating:
Yuvish boʻyicha koʻrsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak,
jun va viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.
Rang: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.
O‘ lcham: Turli oʻlchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini
yaxshilaydi.
Ta’sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun Oson dazmollash
opsiyasidan foydalanib nozik buyumlarni alohida yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.
IZOH
Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga
ajrating.
DC68-04473C-00_IB_SU-PJT_WASHER-MD_LED_UZ.indd 28 2023/4/12 10:01:37

Похожие устройства

Скачать