Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [169/224] 881207
![Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [169/224] 881207](/views2/2120493/page169/bga9.png)
O'zbek 17
O‘rnatish bo‘yicha talablar
Elektr ta’minoti va yerga ulash
• Faqat kir yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan
alohida zanjir tarmog‘idan foydalaning.
Yerga to‘g‘ri ulashni kafolatlash uchun kir yuvish
mashinasi yerga ulangan rozetkadan foydalanish
uchun mo‘ljallangan, yerga ulash kabeliga ega bo‘lgan
uch shtirli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga
beriladi.
Agar yerga ulanganiga ishonchingiz komil
bo‘lmasa, malakali elektrik yoki xizmat ko‘rsatuvchi
mutaxassisga murojaat qiling.
Berilgan vilkani o‘zgartirmang. Agar u rozetkaga to‘g‘ri
kelmasa, mos rozetkani o‘rnatish uchun malakali
elektrikni chaqiring.
OGOHLANTIRISH
• Uzatma simidan FOYDALANMANG.
• Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr
manbaiga ulash shnuridan foydalaning.
• Yerga ulash simini hech qachon plastik
vodoprovod liniyalari, gaz ta’minoti liniyalari yoki
issiq suv quvuriga ULAMANG.
• Noto‘g‘ri ulangan yerga ulash o‘tkazgichlari elektr
toki urishiga olib kelishi mumkin.
Suv quyish
Ushbu kir yuvish mashinasi uchun mos suv
bosimi 50 kPadan 800 kPagachadir. 50 kPa dan
pastroq boʻlgan suv bosimi suv klapanining toʻliq
yopilmasligiga olib kelishi mumkin, shu tufayli
barabanni toʻldirish koʻproq vaqt talab qilishi mumkin,
bu esa kir yuvish mashinasining oʻchishiga olib keladi.
Mashina bilan birga berilgan suv quyish shlanglari
kir yuvish mashinasiga yetishi uchun suv kranlari kir
yuvish mashina orqa panelidan 120 smdan kamroq
masofada bo‘lishi kerak.
Suv sizib chiqishi xavni kamaytirish uchun:
• Suv kranlaridan osongina foydalanish
mumkinligiga ishonch hosil qiling.
• Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan
vaqtda, kranlarni yopib qo‘ying.
• Suv quyish shlanglari to‘plamidan suv
oqmayotganligini muntazam ravishda tekshirib
turing.
DIQQAT
Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan
avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod
kranlariga ulanadigan barcha joylardan suv oqib
ketmayotganligini tekshiring.
Untitled-7 17 2024-01-08 7:22:46
Похожие устройства
- Oursson MO0902/DC Руководство по эксплуатации
- Beko B1RCSK402W Руководство по эксплуатации
- Lex EVI 631A BL Руководство по эксплуатации
- Dreame H12 Dual Руководство по эксплуатации
- Rowenta Optiliss SF3320F0 Руководство по эксплуатации
- Beko B1RCSK402W Руководство по эксплуатации
- Thermex Nixen 150 F (combi) Руководство по эксплуатации
- HP SMART TANK 580 (1F3Y2A) Руководство по эксплуатации
- Canon PIXMA G2430 (5991C009) Руководство по эксплуатации
- Philips TAT2139BK/00 Руководство по эксплуатации
- Samsung WW11CGC04CAELP Руководство по эксплуатации
- Rowenta Glam & Shine SF4641F0 Руководство по эксплуатации
- Electrolux LIR60433 Руководство по эксплуатации
- Samsung WW80AG6S28ANLP Руководство по эксплуатации
- Dewal Beauty Triumph HDB1010 Coffee Руководство по эксплуатации
- Fit EH-2000 Руководство по эксплуатации
- Fit PB-400 Руководство по эксплуатации
- Бирюса M114m Руководство по эксплуатации
- Galaxy Line GL 4336 Руководство по эксплуатации
- STONBERG K-108CRB Руководство по эксплуатации