Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [202/224] 881207

Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [202/224] 881207
Ishlatish amallari
O'zbek50
Maxsus xususiyatlar
Smart Control (faqat tegishli modellarda)
Siz SmartThings dasturiga ulanishingiz va kir yuvish mashinangizni masofadan boshqarishingiz mumkin.
Kir yuvish mashinangizni ulash.
1. SmartThings dasturini yuklab oling va smartfoningizda yoki planshetingizda oching (Android va iOS).
2. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun tugmasini bosing.
3. tugmasini bosib turing.
a. Kir yuvish mashinasi AP rejimiga kiradi va smartfon yoki planshetga ulanadi.
b. Kir yuvish mashinangizni tasdiqlash uchun tugmasini bosing.
c. Haqiqiylikni tekshirish jarayoni tugagandan soʻng, kir yuvish mashinangiz dasturga muvaffaqiyatli ulangan.
- SmartThings dasturida mavjud boʻlgan turli xil xususiyatlardan foydalanishingiz mumkin.
IZOH
Agar kir yuvish mashinangiz SmartThings ilovasiga ulanmasa, qayta urining.
Kir yuvish mashinangizni SmartThings ilovasiga ulaganingizdan keyin Internetga ulanish muammosiga duch
kelsangiz, marshrutizatorni tekshiring.
Agar Wi-Fi o‘chirilgan bo‘lsa, Sozlamalar/Tizim funksiyalari menyusiga kirish uchun tugmasini 3 soniya bosib
turing va uni yoqish uchun Wi-Fi tanlang.
Kir yuvish mashinasining Wi-Fi tarmog‘ini yoqish, kir yuvish mashinasining quvvat holatidan qat’i nazar,
smartfon yoki planshetdagi SmartThings ilovasi orqali kir yuvish mashinasiga ulanish imkonini beradi. Biroq kir
yuvish mashinasi Wi-Fi o‘chirilgan bo‘lsa, SmartThings ilovasida oayn rejimda ko‘rinadi.
Smart Control funksiyasini boshlashdan oldin eshikni yoping.
Agar kir yuvish mashinangizni SmartThings ilovasiga ulanmasdan bir muddat foydalansangiz, Smart Control
haqida ochilgan xabar 3 soniya davomida ko‘rsatiladi.
Agar kir yuvish mashinasi Wi-Fi AP (ulanish nuqtasi)ga ulanmagan boʻlsa, elektr quvvatini yoqsangiz, Wi-Fi
oʻchadi.
Stay Connect
Sikl oxirida Smart Control ni yoqish uchun SmartThings ilovangizda Stay Connect funksiyasini sozlang. Kir yuvish
mashinangiz ilova bilan aloqada boʻlib turadi, shunda siz uydami yoki yoʻqligingizdan qat’iy nazar qoʻshimcha
koʻrsatmalar yuborishingiz mumkin.
1. Agar SmartThings ilovasida Stay Connect funksiyasini yoqsangiz, sikl tugagandan keyin kir yuvish mashinasi
quvvatni tejash rejimida qoladi.
- Agar eshik yopiq qolsa, Stay Connect funksiyasi 24 soatgacha ishlaydi.
2. Stay Connect funksiyasi faol bo‘lganda, kir yuvish mashinasi displeyida Smart Control, Eshikni qulash va Wi-Fi
belgilari yonadi.
3. SmartThings ilovasi yordamida kir yuvish mashinasini qulay boshqarishingiz, chayish, siqish yoki quritish
sikllarni qoʻshishingiz mumkin.
Untitled-7 50 2024-01-08  7:22:56

Похожие устройства

Скачать