Samsung UE65TU7560U Инструкция по работе онлайн [29/40] 616362
Превью страниц
Страница 29 /
40
![Samsung UE50TU7170U Эксплуатационная инструкция онлайн [29/40] 555149](/views2/2165971/page29/bg1d.png)
01 Qutida nima bor?
Televizor to‘plamida quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Birortasi yetishmasa, dilerga murojaat qiling.
• Boshqaruv pulti & batareyalar (modeliga qarab)
• Samsung Smart masofadan boshqarish pulti & batareyalar
(modeliga qarab)
• Foydalanuvchi qo‘llanmasi
• CI karta adapteri
• Kafolat kartasi / Me’yoriy hujjat (ayrim mamlakatlarda yo‘q)
• TV elektr kabeli
• Devorga o‘rnatish moslamasi (modeliga qarab)
• Batareya turi modeliga qarab farqlanishi mumkin.
• Modeliga bog‘liq ravishda anjomlarning rangi va shakli
turlicha bo‘lishi mumkin.
• Kabellar to‘plamga kirmaydi, ularni alohida xarid qilish
mumkin.
• Qutini ochganda ayrim anjomlar o‘rama orqasiga yoki ichiga
berkinib qolishi mumkin.
Noto‘g‘ri muomala qilingan hollarda to‘g‘ridan
berilgan bosim tufayli ekran shikastlanishi
mumkin. Rasmda ko‘rsatilgani kabi televizorni
ko‘targanda albatta ekranning qirralaridan
ushlang.
Bu ekranga
teginmang!
02 Dastlabki sozlash
Televizorni ilk bor yoqqaningizda darhol dastlabki sozlash
ishga tushadi. Ekranda ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarni bajaring va
televizorning asosiy parametrlarini ko‘rish muhitingizga sozlang.
Televizor boshqaruvi ishlatish
Televizor tagidagi Televizor boshqaruvi tugmasi bilan yoqib, keyin
Boshqaruv menyusi ishlatish mumkin. Televizor ishlab turganida
Televizor boshqaruvi tugmasini bossangiz, Boshqaruv menyusi
menyusi ko‘rsatiladi.
• SAMSUNG logotipi ustidagi yoki televizorning pastki
qismidagi himoya plyonkasi olib tashlanmagan bo‘lsa, ekran
qorong‘u ko‘rinishi mumkin. Himoya plyonkasini olib tashlang.
Boshqaruv menyusi
Televizor boshqaruvi tugma / Masofadan boshqarish datchigi
03 Nosozlikni hal qilish va
profilaktika
Nosozliklarni hal qilish
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Elektron qo'llanma.
“Nosozliklarni bartaraf etish" yoki "FAQ" bo'limiga qarang.
> Parametrlar > Elektron qo'llanma > Nosozliklarni hal qilish
yoki Savol-javob
Agar nosozliklarni bartaraf qilish bo'yicha maslahatlarning hech
biri to'g'ri kelmasa, "www.samsung.com" ga tashrif buyuring va
"Qo'llab-quvvatlash" ni bosing yoki Samsung xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
• TFT LED paneli subpiksellardan tashkil topgan bo‘lib, ularni
ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiya kerak. Shunda ham
ekranda bir nechta yorqin yoki qoramtir piksel bo‘lishi mumkin.
Bu piksellar jihozning ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
• Televizorni optimal holatda tutish uchun dasturiy ta’minotini
yangilang. TV menyusidagi Hozir yangilash yoki Avtomatik
yangilash funksiyalarini ishlating (
> Parametrlar >
Qo'llab-quvvatlash > Dasturiy ta'minot yangilanishi > Hozir
yangilash yoki Avtomatik yangilash).
Televizor yonmayapti.
• Elektr kabeli televizorga va rozetkaga mahkam tiqilganini
tekshiring.
• Rozetka ishlayotganini va televizorning pastki qismidagi pult
datchigi qizil rangda yonib turganini tekshiring.
• Muammo pultda emasligiga ishonch hosil qilish uchun
televizorning pastki qismidagi Televizor boshqaruvi
tugmasini bosib ko‘ring. Agar televizor yonsa, “Masofaviy pult
ishlamayapti” yechimiga qarang.
Masofaviy pult ishlamayapti.
• Pultning quvvat tugmasi bosilganida televizorning pastki
qismidagi quvvat indikatori o‘chib-yonishini tekshiring. Agar
o‘chib-yonmasa, pultdagi batareyalarni almashtiring.
• Batareyalarning qutblari (+/–) to‘g‘ri yo‘nalishda o‘rnatilgan
bo‘lsin.
• Uzoq vaqtga yetishi uchun ishqorli batareyalarni ishlatish
tavsiya etiladi.
• Pultni televizor roʻparasida, 1,5-1,8 metr uzoqlikda tuting.
• Agar televizor bilan birga Samsung Smart masofadan
boshqarish pulti (Bluetooth pult) kelgan bo‘lsa, uni televizorga
bog‘lashni unutmang.
O'zbekcha - 5
O'zbekcha
Похожие устройства
-
Samsung UE49KU6510UРуководство по работе с устройством -
Samsung UE43KU6510UРуководство пользователя -
Samsung UE50BU8000UИнструкция по эксплуатации -
Samsung UE65TU7540UИнструкция пользователя -
Samsung UE55TU7560UРуководство по использованию -
Samsung UE55TU7540UЭксплуатационная инструкция -
Samsung UE50TU7560UРуководство по работе с устройством -
Samsung UE50TU7540UРуководство по работе с устройством -
Samsung UE43TU7560UРуководство по использованию -
Samsung UE43TU7540UЭксплуатационная инструкция -
Samsung UE65TU7160UРуководство по настройке -
Samsung UE58TU7160UЭксплуатационная инструкция