LG GA-*499Z*** Инструкция к устройству онлайн [4/56] 991806

Превью страниц Страница 4 / 56
LG GA-*499Z*** Инструкция к устройству онлайн [4/56] 991806
04
DIQQAT
O'rnatish
Bu jihozni ikki yoki undan ortiq kishi mahkam ushlagan holda joyidan ko‘chirishi lozim.
Rozetka yerga to‘g‘ri uzatilganligiga, elektr kabelidagi yerga ulash mixchasi
shikastlanmaganligiga va uning elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil
qiling. Yerga ulash bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun LG Electronics mijozlarni
qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Bu jihozning elektr shnuri uskunani yerga ulash simi va vilkasi bilan jihozlangan.
Barcha mahalliy qonun-qoidalarga muvofiq tarzda o‘rnatilgan va yerga ulangan
rozetkadan foydalanish shart.
Agar elektr shnuri shikastlangan yoki rozetkaning teshigi bo‘shab qolgan bo‘lsa,
shnurni ishlatmang hamda vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihozni elektr kabeli (o‘rnatilgan) bo‘lmagan ko‘p rozetkali adapterga ulamang.
Elektr kabelini almashtirmang yoki uzaytirmang.
Aslo uzaytirgich yoki juft adapterdan foydalanmang. Jihoz alohida saqlagichli alohida
elektr liniyasiga ulanishi zarur.
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr
zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga
amal qiling:
UZ
Yerga yaxshi ulanmagan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalanmang. Yerga
yaxshi ulangan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalansangiz, tok yuklanishi yuqori
boʻlgan koʻp shtepselli rozetkadan va faqat ushbu uy jihozi uchungina foydalaning. Ushbu
xavfsizlik talabiga rioya qilmaslik tok urishi yoki koʻp shtepselli rozetkaning haddan ziyod
qizishi oqibatida yongʻinga olib kelishi mumkin. Avtomatik o‘chiruvchi ishlatilganda
tok oʻchirilishi mumkin.
Jihozni uning elektr kabeli tarmoqdan oson uziladigan joyga o‘rnating.
Elektr kabeli vilkasi yuqoriga yo‘nalib qolishi yoki jihozning elektr kabeli vilkasiga
tiralib qolishidan saqlaning.
Jihozni qattiq va tekis polga o‘rnating.
Jihozni nam va changli joyga o‘rnatmang. Jihozni tashqariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh
nuri, shamol yoki yomg‘ir tegadigan, harorat muzlashgacha boradigan joylarga
o‘rnatmang yoki saqlamang.
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda uning qulab ketishiga yo‘l qo‘ymang.
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda elektr kabelining qisilib qolishi, ezilishi yoki
shikastlanishidan ehtiyot bo‘ling.
Jihozni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joyga qo‘ymang va plita yoki isitkich kabi
qizdiruvchi jihozlardan chiqadigan issiqlik ta’sirida qoldirmang.
Jihozni o‘rnatishda orqa tomonini ochilib qolishidan ehtiyot bo‘ling.
Elektr kabeli vilkasiga vilka adapteri yoki boshqa qurilmalarni ulamang.
Ishlatish
Jihozda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashdan boshqa maqsadlarda (tibbiy yoki tajriba
materiallari saqlash yoxud yetkazib berishda) foydalanmang.
Кешбек Менеджер