Атлант 6325-101 Инструкция по эксплуатации онлайн [34/47] 167328
![Атлант 6325-101 Инструкция по эксплуатации онлайн [34/47] 167328](/views2/1192591/page34/bg22.png)
34
UZB
DIQQAT! Sovutgichning joyini o’zgartirishda uning eshigi,
eshik tutchiqi, bezakli qalqonchasini (agar bo’lsa) sindirib
qo’ymaslik uchun ulardan ushlamang.
10 KELIB CHIQISHI MUMKIN BO’LGAN NOSOZLIKLAR
VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI
10.1 Iste’molchi tomonidan mustaqil tarzda bartaraf etilishi
mumkin bo’lgan nosozliklar 3 jadvalda ko’rsatilgan. Agarda nosozlikni
mustaqil tarzda bartaraf etishning iloji bo’lmasa, xizmat markazidan
mexanikni chaqirish kerak.
10.2 Xizmat markaziga murojaat qilinganda sovutgichning rusumi
va zavod tomonidan berilgan seriya raqamini ko’rsatish lozim.
11 Y O R I T I S H L A M PA S I N I A L M A S H T I R I S H
11.1 Yoritish lampasini almashtirishda yoritgichning
konstruktsiyasini inobatga olgan holda:
— sovutgichni elektr tarmog’idan o’chirish, shnur vilkasini
rozetkadan chiqaring;
— 10 rasmda belgilanganidek plafonni ko’rsatilgan yo’nalish
bo’ylab burang;
— 11 rasmda belgilanganidek vintni burab chiqaring, ko’rsatilgan
yo’nalish bo’ylab plafonni qismlarga ajrating;
— quvvati 15Vt dan baland bo’lmagan lampa bilan almashtiring;
— plafonni o’rnating va vintni burab kirgizing (agar bo’lsa).
1 2 U T I L I Z AT S I A Q I L I S H
12.1 Sovutgich upakovkasi uchun ishlatilgan materiallar to’liq
qayta ishlanishi va ikkilamchi xomashyo yig’ish punktlariga keltirilgan
taqdirda takroran ishlatilishi mumkin.
DIQQAT! Yosh bolalarga upakovka qilish materiallari bilan
o’ynashga ruxsat bermang, chunki karton korobkaning ichiga
kirib olib yoki upakovka plenkasiga o’ralashib qolib nafasi
qaytishi mumkin.
12.2 Utilizatsiya qilishga mo’ljallangan sovutgichni elektr
ta’minoti shnurlarini kesib yaroqsiz holga kelitirish lozim, mamlakat
qonunchiligida belgilangan tartibda utilizatsiya qilinishi kerak.
12.3 Sovutish tizimlarida mavjud bo’lgan xladagent R600a
mutaxassis tomonidan utilizatsiya qilinishi kerak. Hushyor bo’lish
talab etiladi va sovutish tizimining trubkalari utilizatsiya qilinguniga
qadar zararlanmaganligini nazorat qiling.
13 KAFOLAT MAJBURIYATLARI VA TEXNIK XIZMAT
13.1 Sovutgichdan foydalanishning kafolat muddati sovutgichni
etkazib berishda komplektga kiruvchi kafolat kartasida belgilangan.
Foydalanish kafolat muddati sovutgich sotilgan sanadan boshlab,
agar sotilgan sanasi belgilanmagan bo’lsa – ishlab chiqaruvchi
zavod tomonidan mahsulotlga berilgan raqamda ko’rsatilgan ishlab
chiqarilgan sanadan boshlab hisoblanadi (kafolat kartasiga qarang).
13.2 Komplektda keltirilgan yorituvchi lampa, shisha-tokcha,
plastmass buyumlar, bezakli qalchonchalar, tirgaklar, eshik
zichlagichlari va plastmas tutchiqlarga kafolat berilmaydi.
13.3 Kafolat majburiyatlari quyidagilarga holatlarda tatbiq qilinmaydi:
— xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlari ro’yxatiga kiritilmagan shaxslar
tomonidan ta’mirlanganda;
— mahsulotdan hamma turdagi harakatlanuvchi transportlarda
foydalanilganda;
— foydalanish bo’yicha qo’llanmada ko’rsatilgan joylashtirish,
ulash, foydalanish va xavfsizlik talablari qoidalariga amal qilinmaganda;
— buyumning va uning tarkibiga kiruvchi qisalarga mexanik,
kimyoviy va termik zararlar etkazilganda;
— ekstremal shartlar yoki bartaraf etib bo’lmaydigan kuchlar
(yong’in, tabiiy ofat) ta’siri ostida, qolaversa uy hayvonlari, hasharot
va kemiruvchilar sababli yuzaga kelgan nosozlik va zararlarda.
13.4 Foydalanish kafolat muddati davrida sovutgichning ishlash
sifatini tekshirish bepul amalga oshiriladi. Sovutgichni kafolatli ta’mirlash
uchun uni olib ketish va ta’mirdan so’ng uni qaytib olib kelish kafolatli
ta’mirlovchi tashkilotning mablag’i va kuchi evaziga amalga oshiriladi.
Tekshiruv natijasida muxlatgichning nosozligi tasdiqlanmasa,
transport harajatlarini sovutgich egasi servis xizmatining preyskuranti
bo’yicha to’laydi.
Nosozlikning kelib chiqishi sovutgichdan noto’g’ri foydalanilganligi
natijasida kelib chiqqan bo’lsa, transport va ta’mirlash harajatlarini
sovutgich egasi servis xizmatining preyskuranti bo’yicha to’laydi.
DIQQAT! Sovutgichni o’rnatish, ulash va buyumdan
foydalanish qoidalariga amal qilmaslik natijasida iste’molchining
sog’lig’iga yoki mulkiga, hayotiga etgan zarar uchun ishlab
chiqaruvchi javobgar bo’lmaydi.
Iste’molchi, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining huquq va
majburiyatlari “Iste’molchi huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi
Qonun bo’yicha tartibga solinadi.
13.5 Foydalanishning butun davri davomida texnik xizmat
ko’rsatish va sovutgichni ta’mirlash ishlari servis xizmatining malakali
mutaxassisi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
13.6 Servis xizmatining joylashgan joyi haqidagi ma’lumotlarni
sovutgichni sotgan tashkilotdan, qolaversa, komplektda olib kelingan
servis xizmati ro’yxati orasidan topishi kerak.
DIQQAT! Servis xizmati mexanikidan sovutgichni ish davrida
bajarilgan barcha ishlar bo’yicha 4 jadvalnii (47 betga qarang)
to’ldirshni talab qiling.
3 Jadval
Kelib chiqishi mumkin bo’lgan
nosozlik
Ehtimoliy sabablar Bartaraf etish usuli
Sovutgich elektr tarmog’iga
ulanganda ishlamayapti, Sovutish
kamerasi lampasi yonmayapti
Elektr tarmog’ida kuchlanish yo’q
Elektr tarmog’ida kuchlanish avjudligini tekshirish uchun
unga istalgan elektr asbobini ulang
Sovutgich shnuridagi vilka hamda elektr tarmog’idagi
rozetka o’rtasida kontakt yo’q
Shnurdagi vilka hamda rozetka o’rtasidagi kontaktni
ta’minlang
Ishlab turgan sovutgichda sovutish
kamerasining lampasi yonmayapti
Sovutish kamerasini yorituvchi lampa kuygan 11 bo’limga muvoq yaroqli lampa bilan almashtiring
Shovqin darajasi yuqori Sovutgich noto’g’ri o’rnatilgan 3 bo’limga muvoq sovutgichni o’rnating
Sovutish kamerasida suv va
kondensat mavjud
Erigan suvni to’kish tizimi ahlat bilan to’lib qolgan
Ilovada keltirilganidek erigan suvni to’kish tizimini ahlatdan
tozalang
Kamerada harorat yuqori,
kompressor to’xtovsiz ishlamoqda
Eshik yaxshi yopilmagan Sovutgich eshigini yaxshilab yoping.
Foydalanish shartlari buzilgan 1.2, 3.1, 3.2 bandlar bajarilishini ta’minlang
Kameradagi harorati noto’g’ri belgilangan Haroratni tartibga solish
Mahsulotlarda, No Frost tizimiga
ega sovutgichlardagi Muzlatish
kamerasining tarkibiy elementlarida
qirov yuzaga kelishi
Muzlatish kamerasining orqa devorida joylashgan
No Frost tizimi havo kanallari to’silib qolgan
Muzlatish kamerasining orqa devorida joylashgan
No Frost tizimi havo kanallarini bo’shating.
Eshikning tez-tez ochilishi.
Eshikning davomiy ochilib turilishi
No Frost tizimi ishlab turishi yordamida eshik yopilishi
bilan qirov yo’qoladi
10 Rasm
11 Rasm
plafon
vint
Содержание
Похожие устройства
- Zanussi zck 9552 g1w Инструкция по эксплуатации
- Zanussi zck 9540 g1w Инструкция по эксплуатации
- Yealink TA410 Инструкция по эксплуатации
- Yealink TA200 Инструкция по эксплуатации
- Yealink TA200 Руководство по подключению
- Yealink TA200 Технические характеристики
- Yealink TA100 Инструкция по эксплуатации
- Yealink TA100 Руководство по подключению
- Yealink TA100 Технические характеристики
- Yealink TG1600 Инструкция по эксплуатации
- Yealink TG1600 Руководство администратора
- Yealink TG1600 Технические характеристики
- Yealink TG800 Инструкция по эксплуатации
- Yealink TG800 Руководство администратора
- Yealink TG800 Технические характеристики
- Yealink TG400 Инструкция по эксплуатации
- Yealink TG400 Руководство по конфигурации
- Yealink TG400 Технические характеристики
- Yealink TG200 Инструкция по эксплуатации
- Yealink TG200 Руководство по подключению