Samsung WFM124ZAU Инструкция по эксплуатации онлайн [145/180] 27709
![Samsung WFM124ZAU Инструкция по эксплуатации онлайн [145/180] 27709](/views2/1029625/page145/bg91.png)
O'zbek - 9
01 XAVFSIZLIK BO'YICHA MA'LUMOTLAR
Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan
kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo'ymang.
- Bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki
jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi sirtiga insektitsidlar kabi tez bug'lanuvchi materiallarni sepmang.
- Odam uchun xavfl i bo'lish bilan bir paytda bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi yoki mahsulotning
ishlashi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumni joylashtirmang.
- Bu noto'g'ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo'lganligi uchun
bunday suvga tegmang.
- Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus dastur bo'lmasa, suv
o'tkazmaydigan o'rindiq uchun g'ilof, to'shamalar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
- Hattoki yorlig'ida kir yuvish mashinasi belgisi ko'rsatilgan bo'lsa ham, qalin yoki qattiq to'shamalarni
yuvmang.
- Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki
kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.
* Jundan qilingan choyshablar, yomg'irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang'ichilarning
shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo'rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar,
mototsikllar, mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.
Kir yuvish vositasi qutisi o'z joyiga qo'yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
- Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo'ladi.
- Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.
Kir yuvish vositasi qutisini ochgandan keyin qo'lingizni ichiga tiqmang.
- Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo'lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan
ushlab qolinishi mumkin. Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo'lgan narsalardan boshqa
hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari, ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.
- Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining
jarohatlanishi va o'limiga olib kelishi mumkin.
Sochto'gʼn ag'ich, pichoq, tirnoq kabi o'tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
- Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Odatda terini parvarish qilish vositalari do'konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar
yoki los'onlar bilan ifl oslangan kiyimlarni yuvmang.
- Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo'lishi va suvning chiqib ketishiga sabab
bo'lishi mumkin.
Nina to'gʼn ag'ich, soch to'gʼn ag'ich yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni bakda uzoq vaqt
qoldirmang.
- Bu bakning zanglanishiga olib kelishi mumkin.
- Agar bak sirtida zanglagan joylar paydo bo'lishni boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash
vositasini seping va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan
foydalanmang.
Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy
tozalash vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.
- Bu moyning oksidlanishidan hosil bo'luvchi yuqori harorat tufayli o'z-o'zidan yonib ketishga yoki
birdan yonib ketishga olib kelishi mumkin.
ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec10:9ARNO_DC68-03038S-13_UZ.indd Sec10:9 2014-03-07 12:56:432014-03-07 12:56:43
Похожие устройства
- Nokia X6 Navi 32Gb Red Инструкция по эксплуатации
- Sony SLV-ED343ME Инструкция по эксплуатации
- OKI C5550 MFP Инструкция по эксплуатации
- Samsung WF60F4E2W2W Инструкция по эксплуатации
- Levenhuk DTX 500 Mobi Инструкция по эксплуатации
- Zanussi ZDT 6894 Инструкция по эксплуатации
- Nokia N900 Black Инструкция по эксплуатации
- Sony SLV-ED33SG Инструкция по эксплуатации
- Samsung WD1142XVR Инструкция по эксплуатации
- Samsung WF6522S7 Инструкция по эксплуатации
- OKI MC160n Инструкция по эксплуатации
- Sony SLV-ED33MJ Инструкция по эксплуатации
- Rolsen C29SR57T Инструкция по эксплуатации
- OKI MC350 Инструкция по эксплуатации
- Levenhuk DTX 30 Инструкция по эксплуатации
- Samsung WF6EF4E5W2W Инструкция по эксплуатации
- OKI MC351 Инструкция по эксплуатации
- Sony SLV-ED33ME Инструкция по эксплуатации
- Olympus C-2040 Zoom Инструкция по эксплуатации
- Samsung WF60F1R1N2W Aegis Инструкция по эксплуатации
Скачать
Случайные обсуждения