Атлант ХМ 6024-031 Инструкция по эксплуатации онлайн [17/24] 304302

Атлант ХМ 6024-031 Инструкция по эксплуатации онлайн [17/24] 304302
17
UZB
3 SOVUTGICHDAN FOYDALANISH
3.1 BIRINCHI MARTA YOQISH
Sovutgichni elektr tarmog‘iga ulash: quvvat yetkazish shnuri ayrisini
rozetkaga tiqish lozim.
SK eshigi ochiladi va muruvatlar “2“ bo‘linmasiga, yoqib-o‘chirish
tugmasi “0” belgisiga qo‘yiladi. SK eshigi yopiladi. Kelgusida, oziq-
ovqatlarni saqlash uchun kameradagi eng maqbul haroratni tanlash
uchun harorat 3.2 bandiga muvofiq sozlanishi lozim bo‘ladi.
Sovutgich yoqilganidan so‘ng 3 rasmiga muvofiq niqobda kameralar
yoqilishi yorug‘lik indikatorlari va MKda oshiqcha harorat indikatori
yonadi. MKda harorat pasayishi bilan oshiqcha harorat indikatori avtomat
ravishda so‘nadi.
3.2 HARORATNI SOZLASH
Harorat 4 rasmiga muvofiq muruvatlar yordamida sozlanadi.
Agar sovutgich sozlangandan yoki foydalanish shartlari o’zgargandan
keyin kompressor to’xtovsiz ishlashni boshlasa, g’ildirakchani raqamli
bo’linishlar kamayishi tomonga haroratni nazorat qiluvchi moslamaning
chertki berishigacha (ChIQ) burash lozim. Sozlanganidan so‘ng
sovutgichdagi harorat avtomat ravishda ushlab turiladi.
3.3 “MUZLATISH” REJIMINI YOQISH
MKda “Muzlatish” rejimini yoqish “I” belgisiga yoqib-o‘chirish
tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi bunda rejim indikatori yonadi,
“0” belgisiga bosilganda rejim o‘chadi va uning indikatori so‘nadi.
3.4 TOVUSH SIGNALIZATSIYASI
SK eshigi 30 soniyadan ko‘proq ochiq qolsa sovutgichda tovush
signalizatsiyasi ishga tushadi. Eshik yopilganidan so‘ng tovush o‘chadi.
DIQQAT! SK eshigi ochiq qolsa ham tovush signali ishga
tushmaydi, agar kamera o‘chirilgan bo‘lsa.
MK “Muzlatish” rejimida ishlayotganida SKning eshigi ochilishi
paytida har safar qo‘shimcha qisqa muddatli tovush signali eshitiladi.
3.5 SK AVTOMATIK ERISH TIZIMI
3.5.1 SKda avtomatik erish tizimi qo‘llaniladi. Kompressor
o‘chirilganidan so‘ng SKning orqa devorida paydo bo‘ladigan qirov erish
davri davomida erib, suv tomchilariga aylanadi. Erigan suv tomchilari
5 rasmiga muvofiq ariqchaga, undagi teshik orqali quvurcha bo‘ylab
kompressordagi idishga tushadi va bug‘lanadi. Suv to‘kish tizimining tiqilib
qolishi oldini olish uchun ariqcha teshigiga simcho‘tka o‘rnatilgan.
Ba’zi xolatlarda qirov kompressor yoqilganidan so‘ng SKning orqa
devorida qolishi mumkin, ammo bu buzilganlik alomati emas. Qirov
sovutgich ishlashida ko‘zda tutilgan kelgusi erish davrlarida erib ketadi.
3.5.2 Doimiy ravishda (kamida har 3 oyda 1 marta) ariqcha tozaligini
va ariqchada suv to‘planib qolmaganligini tekshirib turish zarur.
Ariqchada suv to‘planib qolishi suv to‘kish tizimining tiqilib
qolganligidan darak beradi. Tiqilganlikni bartaraf etish va suv hech qanday
to‘siqsiz idishga oqib tushishi uchun ariqcha teshigini simcho‘tka bilan
tozalash, simcho‘tkani yuvish va 5 rasmiga muvofiq o‘rnatish lozim.
Sovutgichdan tiqilib qolgan suv to‘kish tizimi bilan foydalanish
TA’QIQLANADI. SK tagida paydo bo‘lgan yoki 5 rasmiga muvofiq,
SK ichki shkafi va ko‘ndalang to‘sin tutashgan joyga tushib qolgan suv
sovutgich tashqi shkafining va sovutish agregati qismlarining chirishiga,
issiqlik izolatsiyasini buzilishiga, ichki shkafda yoriqlar paydo bo‘lishi
hamda sovutgich shkafi ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
3.6 MKni ERITISH VA TOZALASH
MKni eritish vaqtida quyidagilar lozim:
6 rasmiga muvofiq kurakcha va hajmi 2 litrdan kam bo‘lmagan
istalgan idishni o‘rnatib, erigan suvni olib tashlash;
agar erigan suv kurakchadan tashqarida kameradan oqib
tushayotgan bo‘lsa, uni namlikni oson singdirib oluvchi material bilan
yig‘ishtirib olish;
— kamerani yuvish va quruq qilib artish.
Kurakchadan foydalanmagan xolda MKni eritish TA’QIQLANADI.
Kurakchadan tashqarida MKdan oqib tushayotgan erigan suv 5 rasmiga
muvofiq MK ichki shkafi va old taraf plankasi tutashgan joyga tushib,
sovutgich tashqi shkafining va sovutish agregati qismlarining chirishiga,
issiqlik izolatsiyasini buzilishiga, ichki shkafda yoriqlar paydo bo‘lishi
hamda sovutgich shkafi ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
3.7 KAMERANI O‘CHIRISH
SK va MK o‘chirilishi muruvatni soat miliga qarshi chiqillash
eshitilguncha burash orqali amalga oshiriladi (ko‘rsatgich ostida
muruvatning “•” belgisi bo‘lishi lozim) — kamera yoqilganligi indikatori
so‘nadi.
3.8 SOVUTGICHNI O‘CHIRISH
Sovutgichni o‘chirish uchun quvvat yetkazish shnuri ayrisini
rozetkadan chiqarish lozim.
5 rasmi — SKdan erigan suvni tushirish chizmasi
niqob
dekorativ qalqoncha
simcho‘tka
ariqcha
naycha
idish
kondensator
kompressor
tayanch
SK ichki shkafi
ko‘ndalang
to‘sin
MK ichki shkafi
old taraf plankasi
MKda haroratni
boshqarish muruvati
3 rasmi — Sovutgich niqobi ko‘rinishi
“Muzlatish”
indikatori
MKda oshiqcha harorat
indikatori
SKda haroratni
boshqarish muruvati
MK yoqilganligi
indikatori
SK yoqilganligi
indikatori
ko‘rsatgich yoqib-o‘chirish tugmasi
4 rasmi — Haroratni boshqarish
ko‘rsatgich
MKda haroratni
boshqarish muruvati
SKda haroratni
boshqarish muruvati
6 rasmi —MKdan erigan suvni yig‘ib olish
idish
kurakcha
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Содержание

Похожие устройства

Скачать