Samsung GALAXY Note PRO Wi-Fi SM-P900 Инструкция по эксплуатации онлайн [686/718] 58818

Samsung GALAXY Note PRO Wi-Fi SM-P900 Инструкция по эксплуатации онлайн [686/718] 58818
O'zbek
685
Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan
himoyalang
• Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda
qoldirmang.
• Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va
qurilma va batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi
mumkin.
• Batareyani metal predmetlar bilan kontaktga kirishiga yol qoymang,
chunki bu batareyaning + va – terminallari ortasidagi tutashishni
yuzaga keltiradi yoki batareyani zararlaydi.
• Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.
Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik
yordamida pishirish uskunalari yoniga yoki katta bosimli saqlash
idishlari ichiga qo‘ymang
• Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.
• Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.
Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p
to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda
saqlamang
Chang yoki begona moddalar qurilmangizning notogri ishlashiga sabab
bolishi va yongin chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka uchining
suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi o‘tkazuvchan
moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang
Tok otkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi
mumkin, bu oz navbatida portlash yoki yongin chiqishiga sababchi
bolishi mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang
• Bunday qilish qurilmani buzishi, yongin chiqishi yoki portlashga olib
kelishi mumkin.
• Bolalar yoki hayvonlar mayda bolaklarni yutib yuborishi mumkin.
• Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning togri ishlatilayotganligiga
ishonch hosil qiling.

Содержание

Скачать