Атлант 7204-501 Руководство по эксплуатации онлайн [30/44] 780183

Атлант 7204-501 Руководство по эксплуатации онлайн [30/44] 780183
30
UZB
«Muzlatish» rejimini muzlatgichni yangi oziq-ovqatlar bilan to’ldirishdan
24 soat avval yoqib qo’yish va oziq-ovatlar to’ldirilganidan 24 soat
keyin o’chirish kerak.
DIQQAT! Elektr quvvatini tejash maqsadida «Muzlatish» rejimi
vazni 12 kgdan ortiq bo’lmagan yangi oziq-ovqatlarni muzlatish
zarur bo’lganida oziq-ovqatlarni joylashtirishdan 6 soat avval
yoqib qo’yilishi mumkin (M-7606-N rusumidan tashqari).
5.1.4 Muzlatkichdagi harorat tashqi muhitning haroratiga,
saqlanayotgan va yangi solinadigan mahsulotlarning miqdori, eshikning
qay darajada ko‘p ochilishi, muzlatkichning xonadagi o‘rnatilish joyiga
bog‘liq va u ilovaga muvofiq sozlanadi.
5.2 YANGI MAHSULOTLARNI MUZLATISH
5.2.1 Mahsulotlar sifatining buzilishini va ularni saqlash
muddatining qisqarishini oldini olish uchun, bir sutka davomida
muzlatiladigan yangi mahsulotlaring og‘irligi muzlatkichning nominal
muzlatish quvvatidan oshmasligi kerak.
5.2.2 Savatchada (pastkisidan tashqari) quyidagi massada yangi
mahsulotlarni «Saqlash» rejimida muzlatish mumkin:
sutkasiga 5 kg gacha (M-7201-XXX, M-7203-XXX,
M-7204-XXX rusumlarida);
– qolgan rusumdagi muzlatkichlarda - sutkasiga 4 kg gacha.
Savatchada massasi 8 kg gacha bo‘lgan mahsulotlarni muzlatishda
«Muzlatish» rejimini ishlatish lozim.
5.2.3 Massasi 8 kg dan ortiq bo‘lgan yangi mahsulotlarni
muzlatkich polkalarida «Muzlatish» rejimida bir yoki ikkita savatni
chiqarib tashlab (mahsulot miqdoriga qarab) muzlatish tavsiya etiladi.
Muzlatkichda mahsulotlar orasida havo aylanishini ta’minlash
maqsadida mahsulotlar orasida bo‘sh oraliq bo‘lishi lozim, mahsulotlar
bug‘latgich polkasining chetidan yoki muzlatkich ichidagi yon
yuzalarga chizilgan joylash chegarasidan (agar bo‘lsa) chiqib
qolmasligi zarur.
5.2.4 Chuchvara, unchalik katta bo‘lmagan go‘sht bo‘laklari,
rezavorlar va shu kabilarni muzlatish uchun mo‘ljallangan idishga solish
tavsiya etiladi (agar bo‘lsa). Mahsulotlar muzlagach, ularni o‘rash lozim
va saqlash uchun savatga solinadi.
DIQQAT! Muzlagan mahsulotlarning harorati oshishini va
ularni saqlash muddatini qisqarishining oldini olish maqsadida,
muzlatish uchun solinadigan yangi mahsulotlarning va avval
qo‘yilgan mahsulotlarning bir-biriga tegib qolishiga yo‘l
qo‘ymang.
5.3. MUZLAGAN MAHSULOTLARNI JOYLASHTIRISH
5.3.1 Elektr energiyasi uzatilishida buzilish yuzaga kelishi,
muzlatkichning ishdan chiqishi va shu kabi holatlarda muzlatkichda
past harorat uzoqroq saqlanishi uchun, muzlagan mahsulotlar imkoni
boricha bir-biriga yaqin joylashtiriladi.
DIQQAT! Elektr energiyasi sarfini tejash uchun, muzlagan
mahsulotlarni muzlatkich polkalaridan savatlarga o‘z vaqtida
joylashtirib turing.
5.3.2 Mahsulotlarni solish va chiqarishda savatlar oxirigacha joyiga
kirgaziladi, tozalayotganda esa bandidan yuqoriga ko‘tarib turgan
holda chiqarib olinadi. Savatlarning muzlatkich ichida harakatlanish
qulayligi uchun uning yon yuzalarida 4-rasmga muvofiq dastalar
ko‘zda tutilgan. Turli rusumlarda savatlarning dizayni 4-rasmdagidan
farq qilishi mumkin.
5.4 MUZLATKICHNI MUZDAN TUSHIRISH VA TOZALASH
5.4.1 Qirov hosil qilmaydigan No Frost (bundan buyon – No Frost
tizimi) (ilovaga qarang) tizimili muzlatgichda muzdan tushirish talab
qilinmaydi. Tozalikni saqlash uchun muzlatkichni yiliga kamida bir
marotaba yig‘ishtirib turish kerak.
5.4.2 No Frost tizimiga ega bo‘lmagan muzlatkichlarni muzidan
tushirish va yig‘ishtirish ishlarini muzlatkichning sovutuvchi yuzasida
qalinligi 5 mm dan 7 mm gacha bo‘lgan zich qorli qatlam hosil
bo‘lganda amalga oshirish tavsiya etiladi. Qor qatlami sovuqni
mahsulotlarga uzatilishiga to‘sqinlik qiladi.
Muzlatuvchi agregatga zarar yetishini oldini olish maqsadida,
qorli qatlamni olib tashlash uchun metall predmetlardan foydalanish
MAN ETILADI.
No Frost tizimiga ega bo‘lmagan muzlatkichlarni har galgi muzdan
tushirishdan keyin, lekin yiliga kamida ikki marotaba yig‘ishtirish tavsiya
etiladi.
5.4.3 Muzlatkichni muzidan tushirish va yig‘ishtirish uchun
quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:
elektr ta’minot shnuri vilkasini rozetkadan chiqargan holda,
muzlatkichni elektr tarmog‘idan uzish;
mahsulotlarni va muzlatkichning tarkibiy qismlarini chiqarib olish;
– muzlatkich eshigini ochiq qoldirish;
erigan suvni ilovaga muvofiq yig‘ib olish (No Frost tizimi mavjud
bo‘lmagan holda);
muzlatkichni 4.2. bandga muvofiq yuvish, quriguncha artib
tashlash;
DIQQAT! Muzlatkichda noxush hid paydo bo‘lishining oldini
olish maqsadida muzlatkich ichini, tarkibiy qismlarini, eshik
zichlagichini, shuningdek zichlagichning eshikka tegib turuvchi
qismini yaxshilab yuving.
5.5 MUZLATKICHDAGI YORITISH
5.5.1 Muzlatkichlarning ayrim modellarida texnik xizmat ko‘rsatish
talab etilmaydigan yorug‘lik diodli yoritkich ko‘zda tutilgan.
Yorug‘lik diodli yoritkich nosoz holga kelganda xizmat ko‘rsatish
markazining mexanigini chaqirish lozim.
Nosoz yorug‘lik diodli yoritgichli No Frost tizimiga ega bo‘lgan
muzlatgichdan foydalanish TA’QIQLANADI.
5.6 MUZLATKICHNI O‘CHIRISH
5.6.1 Muzlatkichni elektr tarmog‘idan uzish uchun uning elektr
ta’minoti shnurini rozetkadan chiqarish kerak.
6 OZIQ-OVQATLARNI SAQLASH, MUZLATISH
BO‘YICHA TAVSIYALAR
6.1 OZIQ-OVQATLARNI MUZLATISH VA SAQLASH
6.1.1 Oziq-ovqatlar hidi, rangi, namligi va sarhilligini saqlab qolishi
uchun, ularni o‘ramida yoki zich yopilgan idishda saqlash lozim.
6.1.2 Muzlatiladigan oziq-ovqatlarni bo‘laklarga bo‘lish va paketga
o‘rash lozim. Muzlatiladigan mahsulotning qatlami qanchalik ingichka
bo‘lsa, muzlash shunchalik jadal kechadi, mahsulotning sifati yuqoriroq
hamda uni saqlash muddati uzoqroq bo‘ladi. O‘ram mahsulotga jips
bo‘lib tegib turishi va germetik ravishda yopilgan bo‘lishi kerak.
Muzlatkichda muzlagan (uy sharoitida) oziq-ovqat mahsulotlarini
saqlash muddatlari buyicha tavsiyalar 1 – jadvalda keltirilgan.
DIQQAT! Muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda ishlab
chiqaruvchining o‘ramida ko‘rsatilgan muddatlarga rioya qiling.
DIQQAT! Muzlab yopishib qolishining oldini olish uchun, muz
kubiklarini muz shaklidan chiqarib olingan zahotiyoq og‘zingizga
solmang va muzlagan mahsulotlarga ho‘l qo‘lingiz bilan tegmang.
6.2 Quyidagilar tavsiya etilmaydi:
muzlatkichga qaynoq mahsulotlarni qo‘yish. Ularni avval xona
haroratigacha sovutish lozim;
– muzidan tushirilgan mahsulotlarni takroran muzlatish.
dastak
4-Rasm
dastak
dastak
Jadvali 1 – Muzlatilgan (uy sharoitlarida) oziq-ovqat mahs-
ulotlarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar
Oziq-ovqatlar Saqlash mud-dati, oy
Yangi baliq, dengiz mahsulotlari 3 gacha
Sariyog‘, pishloq (sortiga bog‘liq holda),
pishiriqlar
6 gacha
Hom go‘sht, parranda 9 gacha
Sabzavotlar, mevalar, reza mevalar 12 gacha
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является
Скачать