Samsung BESPOKE Jet VS20A95973B Инструкция по эксплуатации онлайн [100/128] 785732

Samsung BESPOKE Jet VS20A95973B Инструкция по эксплуатации онлайн [100/128] 785732
O‘zbek
4
TAYYORGARLIK
Bu talablarga rioya qilinmasa, changyutkich ichki qismlariga zarar yetishi va
kafolat yo‘qqa chiqishi mumkin.
Umumiy
Barcha yo‘l-yo‘riqlarni diqqat bilan o‘qing. Changyutkichni yoqishdan
oldin, sizdagi elektr ta’minoti kuchlanishining batareya zaryadlagichi qulay
changyutgichning orqa tomonidagi (batareyaning kontakt tomoni) tasnif
taxtachasida ko‘rsatilgan kuchlanishga mos kelishiga amin bo‘ling.
OGOHLANTIRISH: Changyutkichni ho‘l to‘shama yoki pol ustida ishlatmang.
Har qanday jihoz bolalar tomonidan yoki bolalar yaqinida ishlatilganida,
nazorat ostida tutish zarur. Changyutkichni oyinchoq sifatida o‘ynashlariga
yo‘l qo‘ymang. Changyutkich hech qachon nazoratsiz holda ishlab turmasin.
Changyutkichdan faqat shu yo‘riqnomada keltirilgan maqsadlardagina
foydalaning.
Changyutkichni Changqutisiz ishlatmang.
Yuqori samaradorlikda ishlashi uchun Changquti to‘lmasidan oldin bo‘shatib
turing.
Changyutkichni gugurt donalari, cho‘g‘ yoki sigareta qoldiqlarini tortib olish
uchun ishlatmang. Changyutkichni plita va boshqa issiqlik manbalaridan
uzoqda tuting. Issiqlik natijasida jihozning plastik qismlarining shakli
o‘zgarishi va rangi o‘chishi mumkin.
Qattiq, o‘tkir narsalarni changyutkich bilan yig‘mang, ular changyutkich
qismlarini shikastlashi mumkin.
So‘rish yoki chiqarish portini to‘sib qoymang.
Zarar yetmasligi uchun rozetkani ushlab torting, shnuridan tortmang.
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi
va tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari
mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu
qurilmadan foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan
hollar bundan mustasno. Bolalar kattalarning ishtirokisiz changyutkichdan
foydalanmasligi yoki unga texnik xizmat ko‘rsatmasligi kerak.
Bolalar bu jihoz bilan o‘ynamasliklarini nazorat qilib turish kerak.
4_VS9500_UZ_00859K-00_CIS.indd 4 2021-12-31 오전 9:23:12

Содержание

Похожие устройства

Скачать