Samsung WW80J6210CWOLD [176/228] Xavfsizlik bo yicha ma lumotlar

Samsung WW80J6210CWOLD [176/228] Xavfsizlik bo yicha ma lumotlar
4 O’zbekcha
Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar
Xavfsizlik bo’yicha malumotlar
Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan.
Iltimos, ularga qat’iy amal qiling.
Ushbu qo’llanmani o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni
qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.
Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha korsatmalarni o’qib chiqing.
Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu
mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda
xavfsizlik choralariga amal qiling.
Texnika xavfsizligi bo’yicha muhim choralar
OGOHLANTIRISH
Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavni kamaytirish uchun kir
yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:
Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o’ynashiga
yo’l qo’ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar
mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.
Agar bolalar nazorat ostida bo’lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs
tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish togrisida avvaldan korsatmalar berilmagan
bo’lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi
yetarli bo’lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
Ularning mashina bilan o’ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib
turing.
Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu
mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish tog’risida korsatmalar berilsa va ular bo’lishi
mumkin bo’lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta
bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli
bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasi
bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat korsatish nazoratsiz tarzda bolalar
tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.
WW90J6413CW_DC68-03505C-07_UZ.indd 4 2017/3/2 14:38:13

Содержание

Похожие устройства

Скачать