Midea MDRB470MGF33OM [87/102] Diqqat

Midea MDRB470MGF33OM [87/102] Diqqat
2
Qurilma uchun ishlatiladigan xladagent va ko'pikli material siklopentan yonuvchan hisoblanadi.
Shuning uchun, qurilma utilizatsiya qilinganda, u har qanday yong'in manbasidan uzoqda saqlanishi
kerak va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik yoki boshqa har qanday zararni bartaraf etish maqsadida,
utilizatsiya tegishli malakaga ega bo'lgan maxsus qayta ishlash kompaniyasi tomonidan olib borilishi
kerak.
Evropa standartiga asosan: Qurilmadan xavfsiz foydalanish bo’yicha yetarli ko’nikmalar
berilsagina, 8 va undan yuqori yoshdagi bolalar, shuningdek, jismoniy, hissiy yoki aqliy qobiliyati
cheklangan shaxslar yoki qurilmani ishlatish bo’yicha yetarli ko’nikmalar va bilimga ega bo’lmagan
shaxslar, ishlatishlari mumkin. Bolalar qurilma bilan o’ynashlari taqiqlanadi. Bolalar tomonidan tozalash
va texnik xizmat ko'rsatish qarovsiz amalga oshirilmasligi kerak. 3 yoshdan 8 yoshgacha bo’lgan
bolalarga, muzlatgichning qismlarini joylashtirishga va tushirishga ruxsat beriladi.
Qulflar va kalitlar bilan jihozlangan eshiklar yoki qopqoqlar uchun zarur bo'lgan kalit, bolalar
muzlatgichning ichida qulflanib qolmasliklari uchun, sovutish moslamasining yonida emas, balki bolalar
yeta olmaydigan joyda saqlanishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslanishini oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
- Eshikni uzoq vaqt davomida ochiq qoldirish, qurilmaning bo'linmalarida haroratning sezilarli
darajada oshishiga olib kelishi mumkin
- Oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqa qiladigan sirtlarni va mavjud drenaj tizimlarini
muntazam ravishda tozalang
- Suv idishlari 48 soat davomida ishlatilmasa, tozalanishi zarur; agar suv 5 kun ichida
o'zgartirilmasa, suv ta'minoti tizimiga ulangan suv tizimi tozalanishi kerak. (1-eslatma)
- Xom go'sht va baliqni sovutgichdagi mos konteynerlarda saqlang, shunda ular boshqa
mahsulotlarga ta’sir qilmaydi
- Ikki yulduzli bo'linmalar, oldindan muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, muzqay-
moqlarni saqlash yoki tayyorlash va muz kublarini tayyorlash uchun mo’ljallangan (2-eslatma);
- Bir, ikki va uch yulduzli bo'linmalar sof mahsulotlarni muzlatish uchun mos kelmaydi.
(3-eslatma)
- 4-yulduzli bo'linmasi mavjud bo'lmagan qurilmalar uchun: ushbu muzlatgich oziq-ovqat
mahsulotlarini muzlatish uchun mos kelmaydi. (4-eslatma)
- Muzlatgich uzoq vaqt davomida bo'sh qolsa, uni o'chiring, muzdan tushiring, tozalang,
quriting va qurilma ichida mog'or paydo bo'lishining oldini olish uchun eshikni ochiq qoldiring
Eslatma 1,2,3,4: iltimos, mahsulotingizning turiga qarab qo'llanilishini tasdiqlang
Mustaqil qurilma uchun: ushbu sovutish moslamasi o'rnatilgan qurilma sifatida foydalanish
uchun mo'ljallanmagan.
LED yoritgichlarini almashtirish yoki texnik xizmat ko'rsatish ishlab chiqaruvchi, uning texnik xizmat
ko'rsatuvchi agenti yoki shunga o'xshash malakali shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak. Ushbu
mahsulot energiya samaradorligi sinfining (G) yorug'lik manbasini o'z ichiga oladi
OGOHLANTIRISH: Xavfni oldinin olish maqsadida, uskunani qo'llanmaga asosan
o'rnatish kerak.
DIQQAT! Faqat ichimlik suvi manbasiga ulang. (Muz tayyorlovchi uchun mos keladi).
Bolaning qamalib qolishiga yo'l qo'ymaslik uchun muzlatish kamerasining (sovutgichning) yonida yoki
bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang. (Qulfli mahsulotlar uchun to'g'ri keladi)

Содержание

Похожие устройства

Скачать