Midea MDRB470MGF01OM [89/102] Foydalanish bo yicha ogohlantirishlar

Midea MDRB470MGF01OM [89/102] Foydalanish bo yicha ogohlantirishlar
4
1.4 Foydalanish bo'yicha ogohlantirishlar
1.5 Joylashtirish bo’yicha ogohlantirishlar
Muzlatgichni o'zboshimchalik bilan demontaj qilmang yoki qayta tiklamang,
xladagentning tashqi qismiga zarar yetkazmang. Qurilmani ta'mirlash,
mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, zarar yetkazilgan quvvat simini, ishlab
chiqaruvchi, uning texnik xizmat ko'rsatish bo'limi yoki tegishli mutaxassislar
almashtirishi kerak.
Muzlatgich eshiklari orasidagi bo'shliqlar va muzlatgich eshiklari va tana
qismi orasidagi bo'shliqlar kichikdir, qo'l barmoqlarini siqilishiga yo'l
qo'ymaslik uchun qo'lingizni bu joylarga qo'ymaslikka e'tibor bering.
Narsalar tushib ketmasligi uchun, muzlatgichning eshigini yopayotganda
ehtiyot bo'ling.
Ishlab turgan muzlatgichdan konteynerlarni va oziq-ovqat mahsulotlarini
ho'l qo’l bilan olish man etiladi, chunki bu qo'l muzlashiga olib kelishi mumkin,
ayniqsa konteyner metaldan yasalgan bo'lsa.
Bolalar muzlatgichgning ichiga kirishiga yoki ustiga chiqishiga yo'l qo'ymang,
aks holda bola muzlatgichning ichida bo'g'ilib qolishi yoki yiqilib tushib
jarohatlanishi mumkin.
Yong'in chiqish xavfini bartaraf qilish va oziq-ovqat mahsulotlariga
zarar yetkazmaslik uchun muzlatgichga yonuvchan, portlovchi,
uchuvchan va kuchli korroziyali narsalarni joylashtirmang.
Yong'inni oldini olish uchun muzlatgich yonida yonuvchan narsalarni
saqlamang.
Muzlatgich uy xo'jaligida foydalanish uchun mo'ljallangan, masalan,
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun. Qon, dori-darmon yoki
biologik mahsulotlarni saqlash kabi boshqa maqsadlar uchun
foydalanilmasligi kerak.
Muzlatgichning yuqori qismiga og'ir narsalarni qo'ymang, chunki eshikni
yopish yoki ochish vaqtida ular tushib, tasodifiy shikastlanishga olib
kelishi mumkin.

Содержание

Похожие устройства