Samsung MG23T5018AP/BW [175/192] Mikroto lqinlar va grildan birgalikda foydalanish

Samsung MG23T5018AP [175/192] Mikroto lqinlar va grildan birgalikda foydalanish
O'zbek 31
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Bolalardan qulashni ishlatish
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bolalardan qulash dasturi mavjud, u bola yoki pechdan
foydalanishni bilmaydigan odam tasodiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun pechdan foydalanishni
"blokirovka" qilishga imkon beradi.
Bolalardan qulashni ishga tushirish uchun
СТАРТ/+30сек (BOSHLASH/+30s) tugmasini
3 soniya bosib turing.
Boshqaruv paneli qulanadi, keyin displeyida
L chiqadi.
Bolalardan qulashni bekor qilish uchun
СТАРТ/+30сек (BOSHLASH/+30s) tugmasini yana
3 soniya bosib turing.
Tovushli signalni o'chirib qo'yish
Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o'chirib qo'yishingiz mumkin.
Signalni o‘chirish uchun < yoki > (Kamaytirish/
oshirish) tugmalarini birga bosing.
Signalni yoqish uchun yana < yoki > (Kamaytirish/
oshirish) tugmalarini birga bosing.
Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish
Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va grildan birgalikda
foydalanishingiz ham mumkin.
DIQQAT
Doim mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkada ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan
foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning
taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdagi anjomlarni doim qo‘lqop bilan ushlang, chunki ular qizigan bo'ladi.
Agar gril tokchasidan foydalansangiz, yaxshiroq tayyorlangan va grillangan taomni olasiz.
3
1. Pech eshigini ochish uchun tutqichni torting.
2. Tayyorlanayotgan taomni gril tokchasiga qo'ying va
eshikchani yoping.
3. СВЧ+Гриль (Mikroto'lqin+Gril) tugmasini bosing.
Boshqaruv paneli odatiy quvvat darajasini
(600 Vt) ko‘rsatadi.
Boshqaruv panelida tegishli belgi
( , ) chiqadi.
4
4. Kerakli quvvat darajasini tanlash uchun < yoki >
(Kamaytirish/oshirish) tugmasini bosing, keyin OK
tugmasini bosing.
Quvvat darajasini 600 Vt, 450 Vt yoki 300 Vt
orasidan tanlash mumkin.
Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.
5
6
5. Kerakli tayyorlash vaqtini belgilash uchun < yoki >
(Kamaytirish/oshirish) tugmasini bosing.
Tayyorlashning maksimal vaqti 60 daqiqa.
6. Tayyorlashni boshlash uchun СТАРТ/+30сек
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Tayyorlab bo‘lingach, mikroto'lqinli pech
4 marta signal beradi va boshqaruv panelida
joriy vaqt ko‘rsatiladi. Hech tugaganini
eslatadigan signal har daqiqada, jami 3 marta
chalinadi.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 31 2020-02-03  2:30:01

Содержание

Похожие устройства

Скачать