Samsung NV68A1110BB/WT [95/112] Anjomlar

Samsung NV68A1110BB/WT [95/112] Anjomlar
O'zbek 11
Boshlashdan oldin
Anjomlar
Birinchi marta foydalanganda, anjomlarni illiq suvda yuvish vositasi yordamida yumshoq latta
bilan yuving.
05
04
03
02
01
01 1-qavat 02 2-qavat
03 3-qavat 04 4-qavat
05 5-qavat
Anjomni pech ichidagi tegishli joyiga kiriting.
Anjom bilan pech tubi oralig‘ida, bundan
tashqari boshqa anjomlar bilan ham kamida
1 sm bo‘shliq qoldiring.
Idish va anjomlarni pechdan olishda ehtiyot
bo‘ling. Qaynoq taom va anjomlar kuydirishi
mumkin.
Anjomlar qiziganida shakli o‘zgarishi mumkin.
Ular sovigach, asl ko‘rinishiga va ishlashiga
qaytadi.
Asosiy foydalanish
Taom tayyorlash maromida bo‘lishi uchun har bir anjomni qanday ishlatishni o‘rganib oling.
Panjara Panjara gril usulida pishirish va qizdirib tayyorlash uchun
mo‘ljallangan. Panjarani bo‘rtib turgan qismlarini (ikki tomonidagi
tiqinni) oldinga qaratib joylashtiring
Panjara bo‘lmasi * Panjara bo‘lmasi patnis bilan birga ishlatilib, pech tubiga suyuqlik
tomishining oldini oladi.
Pishirish patnisi * Pishirish patnisi (chuqurligi: 20 mm) pirog, pishiriq va boshqa
qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini
oldiga qilib qo‘ying.
Universal patnis * Universal patnis (chuqurligi : 30 mm) pishirish va qizdirib
tayyorlashda ishlatiladi. Pech tubiga suyuqlik tomishining oldini
olish uchun panjara bo‘lmasidan foydalaning.
Egilgan tomonini oldiga qilib qo‘ying.
Chuqur patnis * Chuqur patnis (chuqurligi: 50 mm) panjara tortmasi bilan yoki usiz
qizdirib tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini oldiga qilib
qo‘ying.
Surilma
yo‘naltirgichlar *
Surilma yo‘naltirgich taxtachasi yordamida patnisni quyidagicha
kiriting:
1. Yo‘naltirgich taxtachasini pechdan chiqarib oling.
2. Patnisni taxtachaga qo‘yib, taxtachani pech ichiga surib
kirgizing.
3. Pech eshigini yoping.
ESLATMA
Yulduzchali (*) anjomlarning mavjudligi pech modeliga bog‘liq.
NV68A1110BB_WT_DG68-01365G-00_UZ.indd 11 2021-02-19  5:13:38

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 1

Как печь хлеб
6 месяцев назад