AENO ATB0003 Руководство по эксплуатации онлайн [141/148] 794917

AENO ATB0003 Руководство по эксплуатации онлайн [141/148] 794917
aeno.com/documents 141
uzuk tovushlar eshitilsa, bu normal holat. Agar blender kosasini yoki qopqog'ini
uning ishlayotgan paytida ochsangiz, himoya ishlab ketadi va dvigatel
to'xtaydi. Kosaga shakar va dukkali o'simliklarni (loviya, no'xat, nut, yasmiq)
solmang, chunki bu tig'ning (lezviyening) tishlashib qolishiga va qurilmaning
buzilishiga olib keladi. Blender tig'ini (lezviyesini) tozalash uchun
cho'tkadan foydalaning. Qurilmaning vilkasini rozetkaga ulashdan oldin
kosa blenderning asosiga mustahkam o'rnatilganiga va kosaning qopqog'i
yopilganiga ishonch hosil qiling.
Ishga tushirishga tayyorgarlik ko'rish.
Blenderni birinchi marta va keyingi ishlatishda blender kosasini , katta
qopqoqni va kichkina qopqoqni iliq sovun suvda yuving va quruq qilib
arting. DIQQAT! Blender kosasi asosining tubiga suv tushishiga yo'l
qo'ymang. U yerda elektrli kontaktlar joylashgan, suv kontaktlarning
tutashishiga va qurilmaning buzilishiga olib keladi.
Blender kosasini blender korpusiga (tanasiga) o'rnating (d rasmga
qarang). Kosa ulagich blender korpusining tirqishiga kirishi kerak.
Dvigatel valining ulagichi blender kosasi asosidagi tig' (lezviye) valining
ulagichiga kirishi kerak. Rezinali kompensatorlar blender kosasi asosining
o'yilgan joyiga kirishi kerak.
ESLATMA. Agar kosa blender korpusiga (asosiga) o'rnalashmasa, uni asosdan
yechib oling va qo'lingiz bilan blender korpusidagi dvigatel valinining
ulagichini yarim burulishga har ikki tomonga aylantiring.
Qurilmani ishlatish
Mahsulotlarni blender kosasiga soling, keyin esa uni katta qopqoq bilan
yoping. Buning uchun katta qopqoqni kosaga joylashtiring va kosaning turtib

Содержание

Скачать