AENO ATB0002 [122/128] _30j0zll

AENO ATB0002 [122/128] _30j0zll
122 aeno.com/documents
UZ AENO TB3 elektrli blender taomni maydalaqsh uchun, smuzi, pyure va
ichimlik tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Texnik xususiyatlari
Quvvat kuchlanishi: 220-240V (AC) , chastotasi: 50/60 Hz. Quvvati: 800 W.
Kosaning sig'imi: 1,75 L. O'lchovli stakanning sig'imi: 80 ml. Kattaligi (uzunligi ×
kengligi × balandligi): 230 mm × 200 mm × 420 mm. Og'irligi: 4,6 kg. Quvvat
shnurining uzunligi: 1,2 m.
Yetkazib berilgan mahsulot to'plamining tarkibi:
AENO TB3 blenderi, o'lchovli stakan, cho'tka, foydalanish uchun tezkor
qo'llanma, kafolat taloni.
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslar ushbu qurilmadan faqat kattalar va
qurilmadan foydalanishda tajribasi bor shaxslar nazorati ostida foydalanishlari
mumkin. Qurilmani bolalarning qo'li yetmaydigan joyda saqlang. Qurilmaning
ishlash vaqtida kosaning korpusi (tanasi) qiziydi. Uni qo'llaringiz bilan
ushlamang. Shuningdek, qurilma ishlayotgan paytida uning korpusiga
(tanasiga) qo'l tegizmang. Qurilmani qismlarga ajratmang yoki o'zingiz
ta'mirlashga urinmang. Kosaning asosi elektrli kontaktlar bilan va ulashish
valini suv bilan yuvish mumkin emas. Blenderni doimo qattiq va mustahkam
yuzaga qo'ying. Ishlayotgan qurilmaning va boshqa buyumlarning o'rtasidagi
masofa 15 santimetrdan kam bo'lmasligi kerak. Blender kosasini muslatgichda
saqlamang: kondensatsiya elektrli kontaktlarning tutashiga olib kelishi
mumkin. Blenderning tig'iga (lezviye) qo'l tegizmang. DIQQAT! Blenderdagi
mahsulotning minimal miqdori - 750 ml. Issiq suyuqliklar uchun (1200 ml) va
sovuq suyuqliklar uchun (1500 ml) maksimal miqdordan oshirmang. Agar
oshib ketsa toshib ketishiga olib kelishi mumkin. Blender ishlayotgan paytda
blender kosasining qopqog'ini ochmang. Mahsulotlarni maydalayotgan
vaqtda uzuk-uzuk tovushlar eshitilsa, bu normal holat. Agar blender kosasini
yoki qopqog'ini uning ishlayotgan paytida ochsangiz, himoya ishlab ketadi va

Содержание

Скачать