Samsung NV68R2340RS/WT [104/132] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung NV68R2340RS/WT [104/132] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
4 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Agar bu qurilma tozalash funksiyasiga ega bo‘lsa, tozalash vaqtida yuzalar
odatdagidan qattiqroq qizishi mumkin, shu sababli bolalarni pechga
yaqinlashtirmang. Tozalash funksiyasining mavjudligi modelga bog‘liq
bo‘ladi.
Faqat shu pech uchun tavsiya qilingan harorat datchigidan foydalaning.
(Faqat sixli modelda)
Bug yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Lampani almashtirishdan avval elektr toki urishini
oldini olish uchun qurilmani albatta uzib qo’ying.
Qizib ketmasligi uchun jihoz dekorativ eshik ortida o‘rnatilmasligi kerak.
OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin bo’lgan qismlar foydalanish
vaqtida issiq bo’ladi. Isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot
bo’lish kerak. 8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular doimiy nazorat
ostida bo’lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik lozim.
DIQQAT: Pishirish jarayonini kuzatib turish lozim. Qisqa muddatli pishirish
jarayonini uzluksiz kuzatish lozim.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib ketishi mumkin.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo’lgan yuzalarning harorati
baland bo’lishi mumkin. Ishlayotganida sirtlari qizib ketishi mumkin.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo’l-yoriq yoki korsatma berilgan
taqdirda va uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar
bu qurilma bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish
bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak. Pech
va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo’lgan bolalarning qo’llari
yetmaydigan tarzda saqlang.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo’ladi. Pech ichidagi isitish elementlariga
tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo’lish kerak.
OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo’lgan qismlar
issiq bo’ladi. Yosh bolalardan uzoqroq saqlash kerak.
Mikroto’lqinli pechning shishali eshigini tozalash uchun abraziv materiallar
yoki o’tkir metall qirg’ichlardan foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini
tirnashi, bu esa oynada darzlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Agar qurilma tozalash funksiyasiga ega bo‘lsa, tozalashdan avval ortiqcha
to‘kilgan narsalar olib tashlanishi va bug‘da tozalash yoki o‘z-o‘zini tozalash
paytida barcha anjomlar pech ichidan olib qo‘yilishi kerak. Tozalash
funksiyasining mavjudligi modelga bog‘liq bo‘ladi.
NV68R2325BS_WT_DG68-00757F-00_UZ.indd 4 2019-12-04  4:01:17

Содержание

Похожие устройства

Скачать