Samsung ME81MRTB/BW [67/80] Cheklangan kafolat

Samsung ME81MRTB/BW [67/80] Cheklangan kafolat
O’zbek - 7
01 XAVFSIZLIK BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Cheklangan kafolat
Agar moslamaning va/yoki anjomning shikastlanishi mijoz tomonidan qilingan bo’lsa,
Samsung anjomni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to’lovini
undirishi mumkin. Bu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
O‘yilgan, qirilgan yoki singan eshik, tutqichlar, old panel yoki boshqaruv paneli.
Buzilgan yoki yo’q bo’lgan lotok, yo’naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
Pechdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo’ljallangan
maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik
bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar va vaziyatlarni
qamrab olmaydi. Pechni o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda
foydalanuvchi sog’lom fikr bilan ish ko’rishi, e’tiborli va ehtiyotkor bo’lishi kerak.
Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasi bir nechta modellarga mo’ljallanganligi uchun
mikroto’lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir
oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar
sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, mahalliy Samsung xizmat ko’rsatish
markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma’lumot oling.
Bu pechni faqat ovqat isitishda ishlating. Faqat uy sharoitida foydalanish uchun
mo’ljallangan. Ichi to’ldirilgan mato va yostiqlarni isitmang. Ishlab chiqaruvchi pechdan
noto’g’ri foydalanilganligi natijasida yetgan zarar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga
olmaydi.
Pech yuzasining buzilishi va xatarli holatlarning yuzaga kelmasligi uchun pechni doim toza
va yaxshi ahvolda saqlang.
Mahsulot guruhi bayoni
Bu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta
ishlash uchun elektromagnit nurlanish ko’rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil
qiluvchi va shunday quvvatlardan foydalanuvchi ISM qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash
uchun jihozlarni o’z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joy binolarini ta’minlovchi past
kuchlanishga ega bo’lgan tarmoqqa to’g’ridan-to’g’ri ulangan binolarda foydalanish
uchun mo’ljallangan.
Ushbu mashinani to’g’ri chiqitga chiqarish
(Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig’ish tizimiga ega bo’lgan
mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu
markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi
qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB
kabeli) xizmat muddatlarini o’tab bo’lganlaridan keyin boshqa
maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo’lmasligini
ko’rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga
chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga
yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarning oldini olish uchun
ko’rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning
boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona
tarzda takroran foydalanishga ko’maklashish uchun ulardan qayta
foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta
foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday
topshirish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar olish uchun o’zlari
ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy
hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug’ullanuvchi foydalanuvchilar o’zlarining
ta’minotchilari bilan bog’lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari
va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning
elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy
chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
ME81K_ME81M_ME81A_BWT_DE68-04286A-04_RU+UK+KK+UZ_F.indb 7 2019-11-23  3:14:48

Содержание

Скачать