Samsung MW5000T Cotta White (MS23T5018AE) [115/144] Cheklangan kafolat

Samsung MS23T5018AN/BW [115/0] Cheklangan kafolat
O'zbek 7
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika
jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga
tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu
mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash
qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan
keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib
bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga
chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi
mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni
tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va
moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish
uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish
uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi
to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan
chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat o siga murojaat qilishlari
kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari
bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan
tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini
tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarmaslik kerak.
Cheklangan kafolat
Agar moslamaning va/yoki anjomning shikastlanishi mijoz tomonidan qilingan bo'lsa, Samsung anjomni
almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Bu talablar
qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
O‘yilgan, qirilgan yoki singan eshik, tutqichlar, old panel yoki boshqaruv paneli.
Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
Pechdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan
maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha
muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Pechni
o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi sog'lom kr bilan ish
ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun mikroto'lqinli pechning
xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi
xabarlar unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa,
mahalliy Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan
ma'lumot oling.
Bu pechni faqat ovqat isitishda ishlating. Faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan. Ichi
to'ldirilgan mato va yostiqlarni isitmang. Ishlab chiqaruvchi pechdan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida
yetgan zarar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
Pech yuzasining buzilishi va xatarli holatlarning yuzaga kelmasligi uchun pechni doim toza va yaxshi
ahvolda saqlang.
Mahsulot guruhi bayoni
Bu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta ishlash
uchun elektromagnit nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil qiluvchi va shunday
quvvatlardan foydalanuvchi ISM qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash uchun jihozlarni o'z ichiga oladi.
B singa kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joy binolarini ta'minlovchi past kuchlanishga ega
bo'lgan tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda foydalanish uchun mo'ljallangan.
MS23T5018AK_BW_DE68-04595G-00_UZ_F.indd 7 2020-01-29  3:08:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать