Атлант М 7204-100 Руководство по эксплуатации онлайн [25/36] 805741

Атлант М 7204-100 Руководство по эксплуатации онлайн [25/36] 805741
25
UZB
kondensator
7-Rasm
qolgan bo‘lsa, ular ham shovqin manbaalari bo‘lib qolishi mumkin.
Muzlatkich unsurlari holatini rostlagach yoki ularni to‘g‘ri holatda
o‘rnatgach, muzlatkich ishidagi qo‘shimcha shovqinni bartaraf etish
mumkin bo‘ladi.
7.4 Muzlatkich shkafi uning eshigi perimetri bo‘ylab qiziydi,
bu kondensat paydo bo‘lishini oldini
oladi. Qizish harorati tashqi muhitning
haroratiga, muzlatkichda saqlanayotgan
mahsulotlar miqdori, shuningdek
kondensatorning ifloslanganligiga
bog‘liq. Ishlash jarayonida qizishning
oshishi nosozlik hisoblanmaydi.
DIQQAT! Bir yilda kamida ikki
marotaba, muzlatkichni elektr
tarmog‘idan uzgan holda va uni
devordan surib turib, muzlatkichning
orqa devorini va kondensatorni
7-rasmga muvofiq changyutkich
bilan tozalab turish tavsiya etiladi.
7.5 Muzlatkichda penopoliuretandan tayyorlangan issiqlikni
saqlovchi materialdan foydalaniladi, u vaqt o‘tishi bilan kirishish
beradi. Penopoliuretanning kirishishi natijasida muzlatkich yuzalarida
unchalik katta bo‘lmagan notekisliklar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lib, u
muzlatkich ishiga ta’sir qilmaydi va issiqlikni saqlashi yomonlashmaydi.
8 SAQ L AS H VA TAS H I S H Q O I DA L A R I
8.1 O‘ramga solingan muzlatkich nisbiy namligi 80% dan ortiq
bo‘lmagan, tabiiy shamollatishga ega bo‘lgan yopiq joylarda saqlanishi
lozim.
8.2 Agar muzlatkichdan uzoq muddat foydalanilmaydigan bo‘lsa,
uni elektr tarmog‘idan uzish, barcha mahsulotlarni chiqarib olish,
muzidan tushirish, tozalash lozim. Muzlatkichda noxush hid paydo
bo‘lmasligi uchun, tozalangandan so‘ng uning eshiklarini yarim
ochilgan holda qoldirish kerak.
8.3 Muzlatkichni tashishni ish holatida turishida (vertikal holda),
har qanday turdagi yopiq transportda, uni mustahkam ravishda
mahkamlagan holda amalga oshirish kerak.
Yuklash-tushirish ishlari davomida muzlatkichni zarbli ta’sirlarga
solish MAN ETILADI.
DIQQAT! Sinib qolmasligi uchun, muzlatkichni uning maskasi,
eshigi, eshik dastagi va dekorativ qoplamasidan ushlagan holda
joydan-joyga ko‘chirmang.
9 YUZAGA KELISHI MUMKIN BOLGAN NOSOZLIKLAR
VA ULARNI BARTARAF ETISH USLUBLARI
9.1 Iste’molchi tomonidan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan
nosozliklar 2-jadvalda keltirilgan. Agar nosozlikni mustaqil ravishda
bartaraf eta olinmagan bo‘lsa, servis xizmati mexanigini chaqirish lozim.
9.2 Yuqori harorat indikatori (agar bo‘lsa) uzoq muddat yoqilib
tursa, servis xizmati mexanigini chaqirish lozim.
9.3 Agar muzlatkichning boshqaruv blokida «F1» yonsa yoki
24 soat davomida «L», «H» chiroqlari yonib-o‘chib tursa, nosozlikni
bartaraf etish uchun servis xizmati mexanigini chaqirish lozim.
9.4 Servis xizmatiga murojaat etilganda muzlatkichning rusumi va
zavod raqamini aytish lozim.
1 0 U T I L I Z ATS I YA QI L I S H
10.1 Muzlatkichni o‘rash uchun foydalaniladigan materiallar
ikkilamchi xomashyoni qabul qilish shoxobchalariga kelib tushsa, ularni
to‘liq qayta ishlash va takroran foydalanilishi mumkin.
DIQQAT! Bolalarga o‘ram materiallari bilan o‘ynashlariga
ruxsat bermang, chunki karton qutida yopinib olib yoki o‘ram
plyonkasiga o‘ralashib qolib, dimiqib qolish mumin.
10.2 Utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan muzlatkichni, elektr ta’minot
shnurini kesib tashlash yo‘li bilan undan foydalanib bo‘lmaydigan holga
keltirish kerak va mamlakatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq
utilizatsiya qilish lozim.
10.3 Sovutish tizimining naychalari utilizatsiyaga qadar shikastla-
nmasligiga diqqat-e’tiborda bo‘lish lozim. Sovutish tizimidagi R600a
xladagenti mutaxassis tomonidan utilizatsiya qilinishi lozim.
1 1 KA F O L AT M A J B U R I YATLA R I VA TE X N I K
X I Z M AT KO R SAT I S H
11.1 Muzlatkichning kafolatli foydalanish muddati 3 yilni
tashkil qiladi.
Kafolat muddati sotish sanasidan boshlab hisoblanadi, sotish
haqidagi belgi bo‘lmagan taqdirda mahsulotning zavod raqamida
ko‘rsatilgan ishlab chiqarish sanasidan boshlab hisoblanadi.
11.2 Yetkazib berish to‘plamiga kiruvchi plastmassa jihozlar, dek-
orativ qoplama, tirgaklar, eshik zichlashtirgichi va eshikning plastmassa
dastagi uchun kafolat amal qilmaydi
11.3 Kafolat majburiyatlari quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
servis tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilmagan shaxslar tomnidan
ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga;
mahsulotdan barcha turdagi harakatlanuvchi transportda
foydalanish hollarida;
foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada bayon etilgan o‘rnatish, ulash,
foydalanish qoidalari va xavfsizlik talablariga rioya etilmaganda;
mahsulot va uning tarkibiy qismlariga mexanik, kimyoviy va
termik shikastlar yetgan bo‘lsa;
ekstremal sharoitlar yoki yengib bo‘lmas kuchlar (yong‘in, tabiiy
ofatlar va xk.), shuningdek uy hayvonlari, xasharotlar va kemiruvchilar
ta’siri natijasida kelib chiqqan nosozliklar va shikastlar.
11.4 Kafolatli foydalanish muddati ichida muzlatkich ishlashining
sifatini tekshirish bepul amalga oshiriladi. Muzlatkichni kafolatli ta’mi-
rlashga olib keltirish va ta’mirlagandan so‘ng uni qaytarib olib ketish
kafolat xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar kuchi va mablag‘lari hisobiga
amalga oshiriladi.
Agar muzlatkichni tekshirish natijasida uning kamchiliklari tasdiql-
anmasa, transport xarajatlarini servis xizmatining preyskuranti buyicha
muzlatkich egasi to‘laydi.
Muzlatkichdan foydalanish shartlarining buzilishi natijasida noso-
zlik vujudga kelgan taqdirda, transport xarajatlari va ta’mirlash haqini
servis xizmatining preyskuranti buyicha muzlatkich egasi to‘laydi.
11.5 Butun xizmat muddati davomida muzlatkichga texnik xizmat
ko‘rsatish va uni ta’mirlash ishlari servis xizmatining malakali mexanigi
tomonidan amalga oshirilishi lozim.
DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) mahsulotni o‘rnati-
sh, ulash va foydalanish qoidalariga rioya etilmasligi natijasida
iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga yetkazilgan zarar
uchun javobgarlikka ega emas.
Iste’molchining, sotuvchining va ishlab chiqaruvchining huquq va
majburiyatlari «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqida»gi
Qonun bilan belgilanadi.
11.6 Servis xizmatining qayerda joylashganligi haqidagi ma’lum-
otlarni muzlatkichni sotgan tashkilotdan, shuningdek yetkazib berish
to‘plamiga kiritilgan servis tashkilotlari ro‘yxatidan olish mumkin.
DIQQAT! Muzlatkichning butun xizmat muddati ichida, ser-
vis xizmati mexanigidan bajarilgan ishlar buyicha 3-jadvalning
to‘ldirib berilishini talab qiling (35-betga qarang).
Jadvali 2
Ehtimoliy nosozlik Ehtimoliy sababi Bartaraf etish usuli
Elektr tarmog‘iga ulangan
muzlatgich ishlamayapti, indi-
katorlar yonmayapti
Elektr tarmog‘ida kuchlanish mavjud emas
Tarmoqqa istalgan maishiy elektr uskunasini ulab, elektr
tarmog‘ida kuchlanish mavjudligi tekshirish
Muzlatgichning quvvat yetkazish shnuri
ayrisi va elektr tarmog‘i rozetkasi o‘rtasida
aloqa mavjud emas
Quvvat yetkazish shnuri ayrisi bilan rozetkaning aloqasini
ta’minlash
Muzlatgich ishida g‘uvillash
darajasi ko‘tarilgan
Muzlatgich noto‘g‘ri o‘rnatilgan Muzlatgichni 3 bo‘limga muvofiq o‘rnatish
Скачать