Midea MDRF692MIE46 [76/104] Chiroqni o zgartirish

Midea MDRF692MIE46 [76/104] Chiroqni o zgartirish
07
UZ
Chiroqni o‘zgartirish
LED chiroqlarini almashtirish va unga texnik xizmat ko‘rsatish ishlab chiqaruvchi, uning
xizmat ko‘rsatuvchi agenti yoki shu kabi malakali shaxs tomonidan amalga oshirilishi
belgilangan.
DIQQAT
Bu mahsulot (G) energiya samaradorligi singa ega yorug‘lik manbasini o‘z ichiga oladi.
Jihozni ulash
Jihozni o‘rnatgandan keyin quvvat vilkasini rozetkaga ulang.
DIQQAT
Quvvat ta'minoti kabelini (yoki vilka) rozetkaga ulagandan keyin jihozga mahsulotlarni qo‘yishdan oldin
2 yoki 3 soat kuting. Jihoz to‘liq sovitilishidan oldin mahsulotlarni joylab qo‘ysangiz, mahsulotingiz aynib
qolishi mumkin.
Energiyani tejash bo‘yicha maslahatlar
Jihozni pechlar, radiatorlar yoki boshqa issiqlik manbalari yaqiniga joylamang. Agar tashqi
harorat yuqori bo‘lsa, kompressor yanada tez-tez va uzoq yuradi, natijada energiya sarning
oshishiga sabab bo‘ladi.
Jihozning asosida, jihozning yon tomonlarida va jihozning orqasida yetarlicha shamollatish
mavjud bo‘lishini ta'minlang. Shamollatish tuynuklarini aslo to‘sib qo‘ymang.
“O‘rnatish” bobidagi makon o‘lchamlariga ham amal qiling.
Tasvirdagi tortmalar, tokchalar va qutining joylashuvi energiyadan eng samarali foydalanishni
taklif qiladi va shu sababli bu holatni saqlab qolish kerak. Haroratni barqaror saqlash va
energiyani tejash uchun barcha tortmalar va tokchalar jihozda qolishi kerak.
Kattaroq saqlash joyiga (masalan, yirik sovitilgan/muzlatilgan mahsulotlar uchun) erishish
uchun markazdagi tortmalar olib tashlanishi mumkin. Tepadagi va pastki tortmalar va tokchalar
kerak bo‘lganda olib tashlanishi kerak.
Bir maromda to‘ldirilgan sovitkich/muzlatkich bo‘lmasi energiyadan optimal foydalanishga
yordam beradi. Shu sababli bo‘lmalar bo‘sh yoki yarim bo‘sh holatda bo‘lmasin.
Sovitkich/muzlatkichga joylashdan oldin iliq mahsulotlarni soviting. Oldindan sovitilgan
mahsulotlar energiya samaradorligini oshiradi.
Sovitkichda muzlatilgan mahsulotlar muzdan erishiga imkon bering. Muzlatilgan mahsulotning
sovuqligi sovitkich bo‘lmasining energiya sarni kamaytiradi va shu sababli energiya
samaradorligi oshadi.
Sovuqlikning yo‘qotilishini kamaytirish uchun eshikni imkoni boricha qisqa vaqtga oching.
Eshikni qisqa ochish va uni to‘g‘ri yopish energiya sarni kamaytiradi.
Kerakidan oshmagan darajada sovuq haroratni sozlash energiyadan optimal foydalanishga
yordam beradi. Sovitkichdagi optimal harorat – +7°C. Sovitkichning tepa bo‘lmasi imkoni
boricha oxirida o‘lchanishi kerak.
Eshiklar to‘g‘ri yopilishi va energiya sar kerakgidan oshmasligi uchun jihozning eshik
zichlagichlari mukammal darajada butun bo‘lishi kerak.

Содержание

Похожие устройства

Скачать