Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [162/224] 881207
![Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [162/224] 881207](/views2/2120493/page162/bga2.png)
Xavfsizlikka oid maʻlumotlar
O'zbek10
Kir yuvish mashinasiga birorta begona buyum kirib qolgan hollarda, elektr manbaiga ulash shnurini rozetkadan
uzing va yaqinroqda joylashgan Samsung xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
• Bu elektr toki urishi yoki yongʻinga olib kelishi mumkin.
Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida oʻynashiga yoʻl qoʻymang. Kir yuvish
mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari
mumkin.
Foydalanishga oid ogohlantirishlar
DIQQAT
Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ioslangan hollarda,
elektr manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.
• Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning oʻchishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki
zanglashga olib kelishi mumkin.
Kuchli zarba taʻsirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda, ehtiyot boʻling.
• Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.
Uzoq vaqt foydalanilmagandan, suv taʻminotida nosozlik boʻlgandan yoki suv taʻminot kranini qayta ulagandan
keyin suv kranini sekin oching.
• Suv quyish shlangi yoki vodoporvod quvuridagi havo bosimi jihoz qismlarini shikastlashi yoki suvning oqib
chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinasini ishlatish vaqtida suv chiqishi xatoligi sodir boʻlsa, suv chiqarish tizimi bilan bogʻliq
muammoning mavjudligini tekshiring.
• Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga koʻmilgan holda foydalanilsa, bu
elektr toki urishi yoki yongʻinga sabab boʻlishi mumkin.
Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda, toʻlaligicha kir yuvish
mashinasining ichiga joylashtiring.
• Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki
suvning chiqib ketishi sodir boʻlishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda, kranni yopib qoʻying.
• Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.
Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, soch va hokazo)
yoʻqligiga ishonch hosil qiling.
• Agar begona buyumlar eshikka tiqilib qolsa yoki eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab
boʻlishi mumkin.
Jihozdan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam biriktirilganligi va
suvning oqib chiqmasligini tekshiring.
• Agar suv quyish shlangi ulovchisi vintlari boʻshab qolgan boʻlsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab boʻlishi
mumkin.
Untitled-7 10 2024-01-08 7:22:44
Похожие устройства
- Oursson MO0902/DC Руководство по эксплуатации
- Beko B1RCSK402W Руководство по эксплуатации
- Lex EVI 631A BL Руководство по эксплуатации
- Dreame H12 Dual Руководство по эксплуатации
- Rowenta Optiliss SF3320F0 Руководство по эксплуатации
- Beko B1RCSK402W Руководство по эксплуатации
- Thermex Nixen 150 F (combi) Руководство по эксплуатации
- HP SMART TANK 580 (1F3Y2A) Руководство по эксплуатации
- Canon PIXMA G2430 (5991C009) Руководство по эксплуатации
- Philips TAT2139BK/00 Руководство по эксплуатации
- Samsung WW11CGC04CAELP Руководство по эксплуатации
- Rowenta Glam & Shine SF4641F0 Руководство по эксплуатации
- Electrolux LIR60433 Руководство по эксплуатации
- Samsung WW80AG6S28ANLP Руководство по эксплуатации
- Dewal Beauty Triumph HDB1010 Coffee Руководство по эксплуатации
- Fit EH-2000 Руководство по эксплуатации
- Fit PB-400 Руководство по эксплуатации
- Бирюса M114m Руководство по эксплуатации
- Galaxy Line GL 4336 Руководство по эксплуатации
- STONBERG K-108CRB Руководство по эксплуатации