Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [163/224] 881207
![Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [163/224] 881207](/views2/2120493/page163/bga3.png)
O'zbek 11
Siz xarid qilgan jihoz faqat uyda foydalanish uchun moʻljallangan.
Jihozdan ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog`liq maqsadlarda foydalanish jihozdan notoʻgʻri foydalanish
hisoblanadi. Bunday hollarda jihozga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qoʻllanilmaydi va bunday
notoʻgʻri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab
boʻlmaydi.
Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan
shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qoʻymang.
• Bu tok urishi, yongʻin chiqishi, jihoz bilan bogʻliq muammolar yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Jihoz sirtiga insektitsid kabi tez bugʻlanuvchi materiallarni sepmang.
• Odam uchun xavi boʻlish bilan bir paytda bu elektr toki urishi, yongʻin chiqishi yoki jihozning ishlashi bilan
bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.
• Bu notoʻgʻri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori boʻladi. Bunday suvga
tegmang.
• Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab boʻlishi mumkin.
Suv haroratiga bogʻliq ravishda quritish vaqti farq qilishi mumkin. Agar suv harorati juda baland boʻlsa, quritish
jarayoni suv sovuganidan keyin boshlanadi.
Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud boʻlmasa, oʻtirgʻichlar uchun
suv oʻtkazmaydigan toʻshamalar, boʻyralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
(*): Jundan qilingan choyshablar, yomgʻirga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, changʻichilarning shimlari,
uxlash uchun yostiqchalar, yoʻrgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va mashinalarni
yopish uchun tentlar va hokazo.
• Hattoki yorligʻida kir yuvish mashinasi belgisi koʻrsatilgan boʻlsa ham, qalin yoki qattiq toʻshamalarni yuvmang.
Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga zarar
yetkazishga olib kelishi mumkin.
• Ushbu kir yuvish mashinasida gilamchalar yoki rezina tagligi boʻlgan gilamchalarni yuvmang. Rezina taglik
ajralib ketishi va baraban ichiga yopishib qolishi, bu esa suv chiqarish xatoligi kabi notoʻgʻri ishlashlarga olib
kelishi mumkin.
Kir yuvish vositasi qutisi oʻz joyiga qoʻyilmagan holda, kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
• Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq boʻladi.
• Bu kuyishga sabab boʻlishi mumkin.
Yuvish va quritish paytida eshik shishasi issiq boʻladi. Shuning uchun, eshik oynasiga tegmang.
Shuningdek, bolalarning kir yuvish mashinasi atroda oʻynashlariga yoki eshik oynasiga tegishiga yoʻl qoʻymang.
• Bu kuyishga sabab boʻlishi mumkin.
Untitled-7 11 2024-01-08 7:22:44
Похожие устройства
- Oursson MO0902/DC Руководство по эксплуатации
- Beko B1RCSK402W Руководство по эксплуатации
- Lex EVI 631A BL Руководство по эксплуатации
- Dreame H12 Dual Руководство по эксплуатации
- Rowenta Optiliss SF3320F0 Руководство по эксплуатации
- Beko B1RCSK402W Руководство по эксплуатации
- Thermex Nixen 150 F (combi) Руководство по эксплуатации
- HP SMART TANK 580 (1F3Y2A) Руководство по эксплуатации
- Canon PIXMA G2430 (5991C009) Руководство по эксплуатации
- Philips TAT2139BK/00 Руководство по эксплуатации
- Samsung WW11CGC04CAELP Руководство по эксплуатации
- Rowenta Glam & Shine SF4641F0 Руководство по эксплуатации
- Electrolux LIR60433 Руководство по эксплуатации
- Samsung WW80AG6S28ANLP Руководство по эксплуатации
- Dewal Beauty Triumph HDB1010 Coffee Руководство по эксплуатации
- Fit EH-2000 Руководство по эксплуатации
- Fit PB-400 Руководство по эксплуатации
- Бирюса M114m Руководство по эксплуатации
- Galaxy Line GL 4336 Руководство по эксплуатации
- STONBERG K-108CRB Руководство по эксплуатации