Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [164/224] 881207
![Samsung WW11CG604CLELP Руководство по эксплуатации онлайн [164/224] 881207](/views2/2120493/page164/bga4.png)
Xavfsizlikka oid maʻlumotlar
O'zbek12
Qoʻlingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.
• Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qoʻlingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab
qolinishi mumkin.
Kukunli kir yuvish vositasidan foydalanganda suyuq kir yuvish vositasi yoʻnaltirgichini olib qoʻying (faqat tegishli
modellarda).
• Agar bunday qilmasangiz, kir yuvish vositasi tortmasi old tomoni orqali suv oqib ketishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak boʻlgan narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari,
ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.
• Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining jarohatlanishi
va oʻlimiga olib kelishi mumkin.
Sochtoʻgʻnagʻich, pichoq, tirnoq kabi oʻtkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
• Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Odatda terini parvarish qilish vositalari doʻkonlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki
losʻonlar bilan ioslangan kiyimlarni yuvmang.
• Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab boʻlishi va suvning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.
Nina toʻgʻnagʻichlar, soch toʻgʻnagʻichlari yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda uzoq vaqt qoldirmang.
• Bu barabanning zanglanishiga olib kelishi mumkin.
• Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo boʻla boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping va
uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.
Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash vositalari
bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.
• Bu moyning oksidlanishidan hosil boʻluvchi yuqori harorat tufayli oʻz-oʻzidan yonib ketishga yoki birdan yonib
ketishga olib kelishi mumkin.
Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.
• Bu kir yuvish mashinasi bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qoʻl yuvish sovunidan foydalanmang.
• Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki toʻplansa, bu kir jihozning nosozligi, ranglarning oʻchishi,
zanglar yoki noxush hidlarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Paypoq va koʻsiynabandlarni yuvish toʻriga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan birgalikda yuving.
Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish toʻriga joylashtirgan holda yuvmang.
• Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.
• Agar ular kir yuvish mashinasi ichida toʻplanib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
Yuvilishi kerak boʻlgan barcha kiyimlar choʻntaklarining boʻsh ekanligiga ishonch hosil qiling.
• Tangalar, toʻgʻnagʻichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, oʻtkir buyumlar kir yuvish mashinasining
ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Katta toʻqalari, tugmalari yoki boshqa ogʻir metall buyumlari mavjud boʻlgan kiyimlarni yuvmang.
Untitled-7 12 2024-01-08 7:22:44
Похожие устройства
- Oursson MO0902/DC Руководство по эксплуатации
- Beko B1RCSK402W Руководство по эксплуатации
- Lex EVI 631A BL Руководство по эксплуатации
- Dreame H12 Dual Руководство по эксплуатации
- Rowenta Optiliss SF3320F0 Руководство по эксплуатации
- Beko B1RCSK402W Руководство по эксплуатации
- Thermex Nixen 150 F (combi) Руководство по эксплуатации
- HP SMART TANK 580 (1F3Y2A) Руководство по эксплуатации
- Canon PIXMA G2430 (5991C009) Руководство по эксплуатации
- Philips TAT2139BK/00 Руководство по эксплуатации
- Samsung WW11CGC04CAELP Руководство по эксплуатации
- Rowenta Glam & Shine SF4641F0 Руководство по эксплуатации
- Electrolux LIR60433 Руководство по эксплуатации
- Samsung WW80AG6S28ANLP Руководство по эксплуатации
- Dewal Beauty Triumph HDB1010 Coffee Руководство по эксплуатации
- Fit EH-2000 Руководство по эксплуатации
- Fit PB-400 Руководство по эксплуатации
- Бирюса M114m Руководство по эксплуатации
- Galaxy Line GL 4336 Руководство по эксплуатации
- STONBERG K-108CRB Руководство по эксплуатации