Oral-B iO Series 5 Black matte Руководство по эксплуатации онлайн [12/18] 890494

Oral-B iO Series 5 Black matte Руководство по эксплуатации онлайн [12/18] 890494
12
Cho'tkaning almashtiriladigan moslamasi sinib
ketishining oldini olish uchun, uning kichik qismi
bo'g'ilib qolishi yoki tishlarga zarar etkazishi mumkin:
Har foydalanishdan oldin, cho'tkaning
almashtiriladigan moslamasini yaxshi
joylashtirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar
cho'tkaningsi almashtiriladigan moslamasi to'g'ri
mos kelmasa, tish cho'tkasidan foydalanishni
to'xtating. Hech qachon cho'tkani almashtiriladigan
moslamasiz ishlatmang.
Agar tish cho'tkasining dastasi tushib qolsa,
shikastlanish ko'rinmasa ham, keyingi ishlatishdan
oldin cho'tka almashtiriladigan moslamasini
almashtirish kerak.
Cho'tkani (almashtiriladigan moslamasini) har 3
oyda yoki cho'tkaning almashtiriladigan moslamasi
eskirganda tezroq almashtiring.
Elektr tarmog'idan uzilganda, har doim shnur
o'rniga elektr vilkasini torting. Elektr vilkasini nam
qo'llar bilan ushlamang. Bu elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
Faqat tish yuvish uchun.
Ushbu qurilmadan faqat ko‘zlangan maqsadlarda
foydalaning. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya
etilmagan aksessuarlarni / almashtiriladigan
nasadkalarni ishlatmang.
Vaqti-vaqti bilan qurilma/tarmoq shnuri/
aksessuarlarning shikastlanmaganligini tekshirib
turing. Shikastlangan yoki nosoz jihozdan
foydalanmang
Qurilmani o‘zgartirmang va ta’mirlamang. Bu
yong‘inga, elektr toki urishiga yoki jarohatlanishga
olib kelishi mumkin
Qurilmaning birorta ham tiqiniga begona narsalarni
suqmang
Bu tish cho‘tkasi suv o‘tkazmaydigan dastaga ega,
xavfsiz va vannada foydalanish uchun mos keladi.
Foydalanish vaqtida tish cho’tkasini asta bosgan
holda bosim datchigining ishlashini vaqti-vaqti bilan
tekshirib turing.
Muhim ma’lumot
Ushbu tish cho’tkasi va pardoz qutisi (aksessuar)
magnit maydonlarini hosil qiluvchi neodim
magnitlariga ega. Agar siz tibbiy qurilmadan
foydalansangiz yoki sizda o’rnatilgan tibbiy qurilma
bo’lsa, bunday holda Oral-B iO tish cho’tkasidan
foydalanish siz uchun xavfsiz ekanligi yoki yo’qligini
bilmasangiz, ishlab chiqaruvchi yoki shifokor bilan
maslahatlashing.
Faqat iO Series4 va iO Series5 uchun:
Elektromagnit xalaqitlar va/yoki mos kelish bilan
bog’liq muammolarning oldini olish uchun ulardan
samolyotlar yoki shifoxonalardagi maxsus
belgilangan cheklanishlar mavjud bo’lgan joylarda
foydalanishdan avval tish cho’tkasi dastasidagi
Bluetooth texnologiyasini hamda iOsense™
zaryadlash qurilmasidagi Bluetooth/Wi-Fi
texnologiyasini o’chirib qo’ying.
Agar yurak stimulyatoridan foydalansangiz,
yoqilgan tish cho’tkasini unga 15 santimetrdan
kamroq masofagacha yaqin olib kelmang. Agar
biror-bir halaqitning paydo bo’lganini payqasangiz,
Bluetooth texnologiyasini o’chiring.
Tish cho‘tkansizga Bluetooth texnologiyasi sukut
bo‘yicha yoqilgan bo‘ladi. Siz yoqish/o‘chirish
tugmasini 5 soniya bosib turish orqali
Bluetooth funksiyasini istalgan vaqtda yoqishingiz/
o‘chirishingiz mumkin. Bluetooth funksiyasini
faollashtirish ko‘k rangdagi yorug‘lik indikatorili
yorug‘lik halqasi yordamida aks ettiriladi.
Faollashtirishni bekor qilishni ko‘rsatish zangor
rangdagi yorug‘lik indikatori yordamida aks
ettiriladi.
Diqqat! Smartfoningizni/zaryadlash qurilmangizni
vanna xonasida foydalanish mumkinligi bo‘yicha
ma’lumotlar olish uchun smartfoningizdan
foydalanish qo‘llanmasiga qarang.
Almashtiriladigan nasadkalar
Oral-B Oral-B iO tish cho‘tkasi uchun maxsus
mo‘ljallangan turli Oral-B iO almashiladigan
nasadkalarini taklif qiladi. Ushbu noyob nasadkalar
og‘iz bo‘shlig‘ini ajoyib darajada tozalash va tozalik
hissi uchun stomatologlar bilan hamkorlikda ishlab
chiqilgan.
Tozalash bo‘yicha ko‘rsatmalar
Har safar tishlarni tozalagandan so‘ng tish cho‘tkasini
yoqib, nasadkasini suv oqimi ostida yuving.
Nasadkani yechib oling va tish cho‘tkasi dastasi bilan
nasadkani alohida-alohida tozalang. Dasta
yoqilganda suv uning yuqori qismini yuvishi va
nasadkaning ichiga oqib kirishi kerak. iO tish
cho‘tkasini yig‘ishdan oldin barcha qismlarni arting va
quriting. Tozalashdan oldin zaryadlash qurilmasini
elektr tarmog‘idan uzing. Zaryadlash qurilmasini faqat
nam mato salfetka bilan arting. «Komplektatsiya»
bo‘limida aniq bir aksessuarni tozalash qoidalari bilan
tanishib chiqing.
Ma’lumotlar oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi
mumkin
Chiqitga chiqarish
Mahsulot tarkibida batareyalar va/yoki
qayta ishlanadigan elektr chiqindilari
mavjud. Atrof -muhitni muhofaza qilish
uchun maishiy chiqindilarni tashlamang, balki ularni
qayta ishlash uchun mamlakatingizdagi elektr
chiqindilarni yig'ish punktlariga olib boring.
Kafolat
Mahsulotga xarid qilingan sanadan boshlab ikki yillik
kafolat qo‘llaniladi.
Kafolat muddati davomida biz har qanday ishlab
chiqarish nuqsonlarini (materiallar yoki yig‘ish) o‘zimiz
maqbul topgan tarzda ta’mirlash yoki butun
mahsulotni almashtirib berish yo‘li bilan bartaraf qilib
beramiz. Mavjudligiga bog‘liq ravishda biz sizga
boshqa rangdagi yoki xuddi shunga o‘xshash
modeldagi mahsulotni taqdim etish huquqiga egamiz.
Kafolat qurilma Braun / Oral-B kompaniyasi yoki uning
rasmiy distribyutori tomonidan yetkazib beriluvchi
barcha mamlakatlarda amal qiladi. Mazkur kafolat
undan noto‘g‘ri foydalanish natijasida jihozning
shikastlanishiga yoki tabiiy yedirilishiga, ayniqsa
nasadkalar hamda jihozning qiymati yoki funksional
xususiyatlariga sezilarli darajada ta’sir qilmaydigan
nuqsonlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ta’mirlash vakolatga ega bo‘lmagan xizmatlar
tomonidan amalga oshirilganida va asl bo‘lmagan
Braun / Oral-B ehtiyot qismlaridan foydalanilganida
kafolatning amal qilishi to‘xtatiladi.
Kafolat bo‘yicha servis xizmatini olish uchun
mahsulotni xarid cheki bilan Oral-B Braun rasmiy
servis markaziga topshiring.
20139825_Leporello_UI_iO3-iO5_75x155_Reg_NGC_EE_2D.indd 1220139825_Leporello_UI_iO3-iO5_75x155_Reg_NGC_EE_2D.indd 12 22.05.23 10:1422.05.23 10:14

Похожие устройства

Скачать