Samsung Bespoke Jet VS20A95973B сапфировый [122/0] Ishlashi

Samsung BESPOKE Jet VS20A95973B [122/128] Ishlashi
O‘zbek
26
ILOVA
Faqat ishlab chiqaruvchi taqdim etgan Tozalash stansiyasi va
batareyalaridan foydalaning.
Batareyani solishdan oldin u to‘g‘ri yo‘nalishda solinayotganini tekshiring.
Ishdan chiqqan batareyani chiqitga chiqarish uchun uni qayta ishlash uchun
batareyalar yig‘iladigan qutiga tashlang.
Batareyani tushirib olmang yoki urmang yoki bo‘lmasa keskin zarb bilan urib
olmang.
Motor va batareyani himoyalash maqsadida mahsulot 5°C dan past yoki
45°C dan baland haroratda ishlamasligi mumkin.
Ishlashi
IZOH
Cho‘tkaga ortiqcha kuch ishlatilsa yoki aylanuvchi cho‘tkaga (barabanga) yot
jism tushsa, motorni yoki mahsulotni himoyalash uchun cho‘tka ishlamasligi
mumkin. Changyutkichni o‘chiring, yot narsani olib tashlang va undan keyin
changyutkichni ishga tushiring.
Uydagi namlik, harorat yoki pol materialiga qarab, statik elektr hosil bo‘lishi
mumkin.
Yangi sotib olingan batareyani ilk marta ishlatishdan oldin yoki batareyani
uzoq vaqti ishlatmagan bo‘lsangiz, batareyani zaryadlang.
Changyutkichni uzoq vaqt ishlatmaydigan bo‘lsangiz yoki uzoq vaqtga
uyda bo‘lmaydigan bo‘lsangiz, batareyani Tozalash stantsiyasini
quvvat manbasidan ajrating va batareyani chiqarib oling. Batareya
zaryadlanmayotgan holatida quvvati sekin kamayib boradi.
Batareya quvvati past bo‘lsa, uni zaryadlang. Batareya quvvati uzoq muddat
past bo‘lib tursa, uning samaradorligi pasayishi mumkin.
Nam cho‘tkaning ko‘p marta foydalaniluvchi yostiqchasini neytral kir yuvish
kukunidan foydalanib normal kir yuvish mashinasida tozalang.
Biroq agar nam yostiqcha issiqlik, yumshatgich kabilar ta’sirida qolsa, u
o‘zgarishi yoki rangi o‘chishi va mahsulot samaradorligi pasayishi mumkin.
Nam yostiqchani qaynatmang.
4_VS9500_UZ_00859K-00_CIS.indd 26 2021-12-31 오전 9:23:48

Содержание

Скачать