Samsung MG23A7118AW белая [66/0] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung MG23A7118AW [66/80] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
6 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Mikroto‘lqinga oid ehtiyot choralari
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli
ta'siriga olib kelishi mumkin.
Pechni eshigi ochiq turgan holatda ishlatmang. Blokirovkalash kontaktlarini (eshikcha qulfini)
buzmang. Blokirovkalash kontaktlarining tirqishlariga hech narsa tiqmang.
Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday buyum qo‘ymang, zichlovchi yuzalarda ovqat
qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan har gal
foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq
latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
Pech shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang. Malakali mutaxassis tomonidan ta’mirlanganidan
so‘nggina ishlating.
Muhim: pech eshigi to‘g‘ri yopilishi kerak. Eshik egilmasligi kerak; eshik ilgaklari singan yoki
bo‘shab qolgan bo‘lmasligi kerak; eshik zichlagichlari va zichlovchi yuzalari shikastlanmasligi
kerak.
Barcha sozlash va ta’mirlash ishlari malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari
Faqat mikroto‘lqinda ishlatish mumkin bo‘lgan idish-tovoq ishlating. Metall idishlar, oltin yoki
kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar kabilardan foydalanmang.
O‘ralgan simlarni olib tashlang. Uchqun chiqishi mumkin.
Qog‘oz yoki kiyimlarni quritish uchun pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib yoki kuyb ketmasligi uchun vaqtni
qisqartiring.
Elektr shnuri va vilkasini suv hamda issiqlik manbalarida uzoqda tuting.
Yorilmasligi uchun xom tuxum yoki qaynatilgan tuxumlarni isitmang. Zich yopilgan yoki vakuumdagi
idishlar, yong‘oq, pomidor va hokazolarni isitmang.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Yong‘in chiqish xavfi vujudga
keladi. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik tarzda o‘chishi mumkin va u yetarli darajada
soviginicha o'chiq holda qoladi.
Idishlarni olayotgan doim pech qo‘lqoplaridan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish uchun
pech o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun pechdan uzatilgan
qo'l masofasida turish kerak.
Bo‘sh pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida pech 30 daqiqadan keyin avtomatik
ravishda o‘chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto‘lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir
stakan suv qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Pechni o‘rnatishda bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan oraliqlarga rioya eting. ("Mikroto‘lqinli pechni
o‘rnatish" bo‘limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal
qiling.
Simple_DE68-04660B-00_UZ.indd 6Simple_DE68-04660B-00_UZ.indd 6 02-Feb-21 12:55:31 PM02-Feb-21 12:55:31 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать