Samsung Galaxy Z Fold6 (SM-F956B) Руководство по безопасности онлайн [659/678] 902262
![Samsung Galaxy Z Fold6 (SM-F956B) Руководство по безопасности онлайн [659/678] 902262](/views2/2146505/page659/bg293.png)
Oʻzbek
658
Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang
•
Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya quvvati yo‘qotilishi mumkin.
•
Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon kartochkalari va qo‘nish talonlari,
magnit maydon tomonidan zararlangan bo‘lishi mumkin.
Qurilma qizib ketgan paytda unga teginmang. Aks holda past haroratda ham kuyib qolishingiz, qizarish
yoki teringiz pigmentatsiyaga uchrashi mumkin
•
Qurilmadan uzoq vaqt davomida foydalanganda uning qizib ketishidan ehtiyot boling hamda unga
teginib ketishdan himoyalaning.
•
Qurilmangiz quvvat olayotganda yoki quvvat manbaiga ulangan paytda uning ustiga o‘tirib olmang
yoki uzoq vaqt davomida teringiz bilan bevosita teginib turmang.
•
Agar qurilmada chiroq boʻlsa, chiroq yorug'ligini teriga tushishiga yoʻl qoʻymang. Foydalanishdan
keyin har doim chiroqni oʻchiring.
•
Odamlarda yuqori haroratga chidamlilik darajasi farq qiladi. Bolalar, katta yoshdagilar va imkoniyati
cheklangan odamlar qurilmadan foydalanayotganda qo‘shimcha ehtiyot choralarini ko‘ring.
Orqa qopqog‘i olib tashlanganda qurilmangizdan foydalanmang
Qurilma batareyasi chiqib ketishi mumkin va bu qurilma ishiga zarar yetkazishi mumkin.
Kamera obyektivini tikka quyosh nurlari kabi kuchli yorug‘lik ostida qoldirmang
Agar kamera obyektivi tikka quyosh nurlari kabi kuchli yorug‘lik ostida qoldirilsa, kameraning tasvir
sensoriga zarar yetishi mumkin. Zararlangan tasvir sensorini almashtirib bo‘lmaydi va u rasmlarda dog‘
va nuqtalarni paydo qilishi mumkin.
Agar qurilmangiz kamerasi orqa chirog‘iga ega bo‘lsa, uni insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin
masofada ishlatmang
Chiroqni ko‘zga yaqin masofada ishlatish ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishi yoki ko‘zni shikastlashi mumkin.
Chiroqdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling
•
Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan holda qoldiring va ekranni
ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.
•
Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida Chiroq-asosli o‘yinlardan
foydalanishda doimiy ravishda chiroqlar ta’siri ostida bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari
yuzaga kelishi mumkin. Agar noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni darhol to‘xtating.
•
Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani
ishlatishdan oldin shifokorga murojaat qiling.
•
Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yo‘qotilishi kabi noqulayliklarni his qilgan bo‘lsangiz, qurilmani
ishlatishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
•
Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda tez-tez qisqa tanaffuslar qiling.
Похожие устройства
- Samsung Galaxy Z Flip6 [SM-F741BLBHSKZ] Руководство пользователя
- Samsung Galaxy Z Flip6 [SM-F741BLBHSKZ] Руководство по безопасности
- Epson EB-460i Help
- Epson EB-460i MonitorGuide
- Epson EB-460i OperationGuide
- Epson EB-460i Safety
- Epson EB-460i InstallGuide
- Epson EB-460i UsersGuide
- Epson EB-1761W SlideConverter
- Epson EB-1761W UsersGuide
- Thermaltake UX200 SE ARGB Snow (CL-P116-AL12SW-A) Инструкция по установке
- Thermaltake UX200 SE ARGB Black (CL-P105-AL12SW-A) Инструкция по установке
- Thermaltake TOUGHAIR 510 Racing Green (CL-P075-AL12RG-A) Инструкция по установке
- Thermaltake TOUGHAIR 510 Gray (CL-P075-AL12BL-A) Инструкция по установке
- Thermaltake TOUGHAIR 510 Turquoise (CL-P075-AL12TQ-A) Инструкция по установке
- Thermaltake TOUGHAIR 110 (CL-P073-AL12BL-A) Инструкция по установке
- Thermaltake TOUGHAIR 310 (CL-P074-AL12BL-A) Инструкция по установке
- Kuppersberg ICI 605 Технические характеристики
- Kuppersberg ICI 605 Инструкция по эксплуатации
- Kuppersberg ICI 604 Технические характеристики