Samsung Galaxy Z Fold6 (SM-F956B) Руководство по безопасности онлайн [660/678] 902262

Samsung Galaxy Z Flip6 [SM-F741BLBHSKZ] Руководство по безопасности онлайн [660/678] 902263
Oʻzbek
659
Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, sensorli ekranda belgilar chizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy
ravishda amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki tanangizning
boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat davomida
ishlatganingizda, uni erkin holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing.
Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni his qilsangiz, qurilmadan
foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Quloqchindan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish qobiliyatingizni himoya qiling
Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga zarar yetkazishi mumkin.
Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash, diqqatingizni olishi va yo‘l
transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quloqchinni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni pasaytiring va
suhbat yoki musiqa tinglayotganda o‘zingizga kerakli bo‘lgan minimal ovoz
balandligidan foydalaning.
Quruq joylarda, quloqchinda statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin. Quloqchinni quruq joylarda
foydalanmang yoki statik elektr quvvatini yo‘q qilish uchun quloqchinni qurilmaga ulashdan oldin
metal obyektni ushlang.
Transportni boshqarayotganda quloqchindan foydalanmang. Bunday qilish Sizning fikringizni
chalg‘itadi va yo‘l transport hodisasida sabab bo‘lishi va hududingiz qonunlariga ko‘ra qonunbuzarlik
sifatida belgilanishi mumkin.
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning
O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim atrofdagi voqea va insonlarga
diqqatli bo‘ling.
Quloqchin kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofdagi predmetlarga o‘ralib qolmaganligiga ishonch hosil
qiling.
Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang
Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib qolishiga va ular funksiyasining
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, teringiz qichishi,
shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan
foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating
Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar xavfsiz ravishda
montajlanganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga yaqin qo‘ymang. Xavfsizlik
yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Скачать