Samsung Galaxy Z Fold6 (SM-F956B) Руководство по безопасности онлайн [661/678] 902262

Samsung Galaxy Z Fold6 (SM-F956B) Руководство по безопасности онлайн [661/678] 902262
Oʻzbek
660
Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar yetkazmang
Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.
Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga zarar yetishi yoki uning qismlari
o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.
Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida xizmat ko‘rsatishini ta’minlang
Batareyalar uzoq muddat davomida ishlatilmasa, ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni ishlatishdan oldin zaryadlash
zarur.
Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan chiqaring.
Batareyadan faqatgina belgilangan maqsadlar uchun foydalaning.
Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun ushbu qo‘llanmadagi barcha
ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik
oqibatida kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi kafolati tomonidan
qoplanmasligi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt oralig‘ida ba’zi qismlar va
ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi, lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish
oqibatida yuzaga kelgan zararlar qoplanmaydi.
Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting
Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.
Bevosita mikrofonga gapiring.
Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang
Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar ishlab chiqaruvchi kafolatlariga
kirmasligi mumkin. Agar qurilmaga xizmat koʻrsatish kerak boʻlsa, Samsung xizmat ko‘rsatish
markaziga yoki ruxsat etilgan xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.
Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash yoki yong‘inni keltirib chiqarishi
mumkin.
Batareyani qismlarga bo‘lmang yoki qayta ishlatmang.
Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar yoqilgan holatdagi qurilmadan
batareyani olib tashlasangiz, bu qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.
Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan arting.
Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish qurilma korpusini yemirishi yoki
uning rangini o‘chirishi, elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Quirlmani chang, ter, siyoh, yog’ va kosmetika, antibakterial sprey, ko‘l tozalagich, yuvish vositasi
va insektisidlar kabi kimyoviy moddalar ta’sirida qolldirmang. Qurilmaning ichki va tashqi qismlari
shikastlanishi mumkin yoki natijada u yaxshi ishlamasligi mumkin. Agar qurilmangizga yuqorida
sanab o‘tilgan moddalardan biri tegsa, uni tozalash uchun tuksiz, yumshoq matodan foydalaning.
Скачать