Samsung Galaxy Z Fold6 (SM-F956B) Руководство по безопасности онлайн [662/678] 902262

Samsung Galaxy Z Fold6 (SM-F956B) Руководство по безопасности онлайн [662/678] 902262
Oʻzbek
661
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga halaqit bermang
Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat bering
Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish qurilmangiz buzilishiga olib
kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.
SIM-kartalar, SD-kartalar yoki kabellarni ehtiyotkorlik bilan ushlang
Qurilmaga SIM-karta kiritayotganda yoki kabel ulanayotganda, SIM-karta to‘g‘ri kiritilganligiga va
kabel tog‘ri tomonga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilma ma’lumot uzatayotgan yoki unga kirayotgan vaqtda kartani chiqarib olmang, chunki bu
ma’lumot yo‘qotilishiga yoki karta yoki qurilmaga zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kartalarni tok urishidan, statik elektr quvvati yoki boshqa qurilmalardan keluvchi elektr tovushlardan
himoyalang.
Yaltiroq otkazgichlarga yoki terminallarga barmog‘ingiz yoki metal predmetlar bilan tegmang. Agar
tozalamoqchi bo‘lsangiz, kartani yumshoq sochiq bilan arting.
Kartani yoki kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash kop funksiyali uyaga yoki qurilmaning
boshqa qismlarini zararlashi mumkin.
Favqulodda xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega ekanligingizga ishonch hosil qiling
Ba’zi hududlarda va sharoitlarda qurilmangiz orqali favqulodda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish
imkoniyati mavjud bo‘lmasligi mumkin. Rivojlanmagan yoki uzoq joylarga sayohat qilishdan avval,
favqulodda xizmatlarga bog‘lanishning muqobil usullarini rejalashtiring.
Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi yoki boshqa
maqsadlarda ishlatishini oldini oling
Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni esdan chiqarmang. Samsung
ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar emas.
Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang va undan so‘ng shaxsiy
ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi
parametrlariga qaytaring.
Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga
kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning kop qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan
ishlayotganda juda ehtiyot bo‘ling.
Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez
tekshirib turing. Agar shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish belgilarini
aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat
ta’minotchingizga murojaat qiling.
Qurilmangiz yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun
hisob qaydnomangiz parolini o‘zgartiring.
Noma’lum manbalardan kelgan ilovalarni ishlatmang va qurilmangizni namuna chizish, parol yoki
PIN-kod yordamida bloklang.
Скачать