Redmond rmc-fm27 [52/64] Ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 35 daqiqani tashkil qiladi

Redmond rmc-fm27 [52/64] Ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 35 daqiqani tashkil qiladi
52
Tayyorlash vaqtini o’zgartirish uchun:
1.
Tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda «Время» tugmachasini
bosing. Displeyda vaqt indikatoridagi soat qiymati miltillay
boshlaydi. Haroratning standart bo’yicha qiymati aks ettiriladi.
2. Kerakli tayyorlash vaqtini o’rnating. Soat qiymatini orttirish
uchun «+» tugmasini, kamaytirish uchun esa «–» tugmasini
bosing.
3.
«Время» tugmasini qaytadan bosing va «+» va «–» tugmalari
yordamida daqiqa qiymatini o’rnating. Soat va daqiqa
qiymatlarining o’zgarishi bir-birga bog’liq bo’lmagan holda
sodir bo’ladi. Maksimal qiymatga yetganda vaqtni ornatish
diapazonning boshidan boshlanadi. Qiymatni tez o’zgartirish
uchun kerakli tugmachani bosing va ushlab turing.
4.
Boshqaruv panelidagi tugmachalarni 5 soniya davomida
bosmang. O’zgarishlar avtomatik ravishda saqlanadi.
Agar tayyorlash vaqti qiymati 00:00 ga o’rnatilsa, dasturning
ishlashi to’xtatiladi.
Avtomatik dasturlaridan foydalangandagi harakatlarning
umumiy tartibi
1. Kerakli masalliqlarni tayyorlang (o’lchang).
2.
Masalliqlarni tayyorlash dasturiga muvofiq tarzda
multipishirgich jomiga joylashtiring va uni jihoz korpusiga
qo’ying. Barcha masalliqlar, jumladan suyuqlikning jom ichki
yuzasidagi maksimal belgidan ortib ketmasligini kuzatib
boring. Jomning nuqsonlarsiz ornatilganligiga va qizdirish
elementiga zich tegib turganligiga ishonch hosil qiling.
3.
Multipishirgich qopqog’ini tiqillagan tovush chiqargan holda
yoping. Jihozni elektr tarmog’iga ulang, tugmasini bosing.
4.
Tayyorlash dasturini tanlash uchun boshqaruv panelidagi
tegishli tugmachani bosing. Tugmacha yonidagi indikator
yonadi, displeyda standart bo’yicha tayyorlash vaqtining
qiymati va indikatori paydo bo’ladi. «МУЛЬТИПОВАР»
dasturi tanlanganda displeyda haroratning standart bo’yicha
qiymati ham aks ettiriladi.
5.
Zarur bo’lgan hollarda standart ornatilgan tayyorlash vaqtini
o’zgartiring.
«МУЛЬТИПОВАР» dasturida yana dastur ishga tushgunicha
kerakli tayyorlash haroratini o’rnatish ham mumkin. Haroratni
o’zgartirish uchun «Темп.» tugmachasini bosing va kerakli
qiymatni o’rnating. Qiymatni orttirish uchun «+» tugmachasidan,
kamaytirish uchun esa — «–» tugmachasidan foydalaning
6. Zarur bo’lgan hollarda ishga tushirishni kechiktirish vaqtini
ornating.
7.
Tayyorlash dasturini ishga tushirish uchun «Старт»
tugmachasini bosing, avtomatik isitish indikatori yonadi (agar
bu funksiya yoqilgan bo’lsa). Tayyorlash vaqtining teskari
hisobi tanlangan tayyorlash dasturiga bog’liq ravishda
«Старт» tugmachasi bosilganidan keyinoq darhol yoki jomda
kerakli haroratga erishilganidan keyin boshlanadi.
«МАКАРОНЫ» dasturida tayyorlash vaqtining teskari hisobi
jomdagi suv qaynaganidan, mahsulotlar solinganidan va
«Старт» tugmachasi qaytadan bosilganidan keyin boshlanadi.
Zarur bo’lgan hollarda «Старт» tugmachasini bosish orqali
avtomatik isitish funksiyasini avvaldan o’chirib qo’yish mumkin,
avtomatik isitish indikatori o’chadi. «Старт» tugmachasini
qayta bosish ushbu funksiyani yana yoqadi.
8.
Tayyorlash dasturining yakunlanganligi tog’risida sizni
tovushli signal xabardor qiladi, displeyda «End» yozuvi paydo
bo’ladi, jihoz kutish rejimiga o’tadi. Agar avtomatik isitish
funksiyasi yoqilgan bo’lsa, jihoz tayyor taom haroratini ushlab
turish rejimiga o’tadi (displeyda indikatori yonadi).
9.
Kiritilgan dasturni bekor qilish, tayyorlash yoki avtomatik
isitish jarayonini to’xtatish uchun «Отмена/Разогрев»
tugmachasini bosing.
Sifatli natijani olish uchun REDMOND RMC-FM27
multipishirgichiga ilova qilinadigan, ushbu model uchun
maxsus ishlab chiqilgan pazandachilik kitobidan olingan taom
tayyorlash bo’yicha reseptlardan foydalanishni taklif qilamiz.
Tegishli reseptlarni siz yana www.multivarka.pro saytidan ham
topishingiz mumkin.
«МУЛЬТИПОВАР» dasturi
«МУЛЬТИПОВАР» dasturi harorat va tayyorlash vaqtining
foydalanuvchi tomonidan berilgan parametrlari bo’yicha taomni
tayyorlash uchun mo’ljallangan. «МУЛЬТИПОВАР» dasturi tufayli
REDMOND RMC-FM27 multipishirgichi bir qator oshxona
jihozlarining o’rnini egallashi va eski pazandachilik kitobidan
topilgan yoki Internetdan olingan deyarli har qanday sizni
qiziqtirgan resept bo’yicha taom tayyorlashga imkon berishi
mumkin.
Agar taom tayyorlash harorati 80°С dan baland bo’lsa,
avtomatik isitish funksiyasidan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Standart holatda «МУЛЬТИПОВАР» dasturida tayyorlash vaqti
30 daqiqani, tayyorlash harorati esa — 100°С ni tashkil qiladi.
Dasturda haroratni ornatish diapazoni 5°С qadam bilan 35-160°С
ni tashkil qiladi. Vaqtni qo’lda ornatish diapazoni — 1 daqiqa
qadam bilan 2 daqiqadan 12 soatgacha.
DIQQAT! Harorat 130°С dan balandga o’rnatilgan hollarda
xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida tayyorlash vaqti 2 soat
bilan cheklanadi.
«МУЛЬТИПОВАР» dasturida ko’pgina turli taomlarni tayyorlash
mumkin. Ilova qilinayotgan professional oshpazlarimizning
oshpazlik kitobidan yoki turli taomlar va mahsulotlarni
tayyorlash uchun tavsiya qilingan haroratlar maxsus jadvalidan
foydalaning. Siz kerakli reseptlarni yana www.multivarka.pro
saytidan ham topishingiz mumkin.
«ЭКСПРЕСС» dasturi
Dastur guruch va sochilma bo’tqalarni suvda tayyorlash uchun
mo’ljallangan. Dastur suv to’liq qaynaganidan keyin avtomatik
ochirishni ko’zda tutadi. Bu dasturda tayyorlash vaqtini qo’lda
ornatish hamda «Отсрочка старта» va «Автоподогрев»
funksiyalaridan foydalanish mumkin emas. Tayyorlash dasturni
ishga tushirish uchun kutish rejimida «Старт» tugmachasini bosing.
«ЭКСПРЕСС» dasturini yana boshqaruv panelidagi tegishli
tugmachani bosgan holda tanlash va «Старт» tugmachasini
bosgan holda ishga tushirish ham mumkin.
«ХЛЕБ» dasturi
Bug’doy unidan va javdar uni qo’shgan holda nonning turli turlarini
pishirish uchun tavsiya qilinadi. Dastur xamir tindirishdan boshlab
pishirishgacha bo’lgan tayyorlashning to’liq siklini ko’zda tutadi.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 3 soatni
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami
bilan 10 daqiqadan 4 soatgacha bo’lgan diapazonda qo’lda
ornatish mumkin.
Bu dasturda «Автоподогрев» funksiyasining maksimal ishlash
vaqti uch soat bilan cheklangan.
«Отсрочка старта» funksiyasidan foydalanish tavsiya qilinmaydi,
chunki bu pishiriq sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Masalliqlarni solganda ularning jom foydali hajmining
yarmidan ko’p qismini egallamasligini kuzatib turing.
Tayyorlash vaqti 1 soatdan kamroqqa o’rnatilganda «Старт»
tugmachasi bosilgandan keyin pishirish jarayoni boshlanadi.
Xamirni tindirish bosqichida multipishirgich qopqog’ini
ochmang! Tayyorlanayotgan mahsulotning sifati shunga bog’liq
bo’ladi.
Dastur ishining birinchi soatida xamirni tindirish boradi, keyin
bevosita pishirishga o’tiladi. Dastur parametrlarning standart
qiymatlari bilan ishga tushirilganda 2soat ishlagandan keyin
jihoz tovushli signal beradi. Multipishirgich qopqog’ini oching va
nonni ag’daring. Agar dastur parametrlariga o’zgarishlar kiritilgan
bo’lsa, tovushli signal berilmaydi.
DIQQAT! Tayyor nonni jihozdan olish vaqtida oshxona
qo’lqoplaridan foydalaning.
Undan foydalanishdan avval kislorod bilan to’yintirish va turli
aralashmalarni yo’qotish uchun uni elakdan o’tkazish tavsiya
qilinadi. Vaqtni qisqartirish va tayyorlashni soddalashtirish uchun
non tayyorlashga mo’ljallangan tayyor aralashmalardan
foydalanishni tavsiya qilamiz.
«НА ПАРУ» dasturi
Goshtli taomlar, baliq, tovuq goshti, sabzavotlar va ko’p masalliqli
taomlarni bug’da tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda
ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 35 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan

Содержание