Samsung ww 60j6210dw [197/228] Qadam dastlabki yuvish zarur bo lgan hollarda

Samsung ww 60j6210dw [197/228] Qadam dastlabki yuvish zarur bo lgan hollarda
O’zbekcha 25
Ishga tushirishdan avval
4-QADAM - Dastlabki yuvish (zarur bo’lgan
hollarda)
Agar kir juda kirlangan bo'lsa, tanlangan yuvish sikli
uchun dastlabki yuvish opsiyasini tanlang. Yuvish
vositasi barabanga qo'l kuchi bilan qo'shilganda,
Dastlabki yuvish opsiyasidan foydalanmang.
5-QADAM - Yuklanish sig’imini aniqlash
Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang.
Ortiq darajada yuklantirish kir yuvish mashinasining
tog’ri yuvmasligiga olib kelishi mumkin. Kiyim turi
uchun yuklanish sig’imini bilish uchun 32-sahifaga
qarang.
IZOH
Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti
ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin.
Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan
eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish
sig'imi 1,5-2,0 kg yoki undan kam.
DIQQAT
Kirlar bir tekis taqsimlanmagan hollarda «UB» xatolik
kodi namoyish qilinadi, kirlarni qayta taqsimlang. Bir
tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini
kamaytiradi.
6-QADAM - To’gri kir yuvish vositasi turidan
foydalanish
Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika,
nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish
darajasiga bog’liq bo’ladi. Doimo avtomat kir yuvish
mashinalari uchun mo’ljallangan “kam ko’piklovchi” kir
yuvish vositasidan foydalaning.
•
IZOHYuviladigan kirlarning og'irligi,
kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi
suvning qattiqlik darajasiga asoslangan holda kir
yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining
tavsiyalariga amal qiling. Suv qattiqligi darajasini
aniq bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti organiga
murojaat qiling.
• Qattiqlashishga moyil bo'lgan kir yuvish
vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish
vositalari barabanning suv chiqarish tirqishlarini
berkitgan holda chayish siklidan keyin qolishi
mumkin.
DIQQAT
Jun matolarni yuvish dasturi yordamida jun matolarni
yuvganda, faqat neytral suyuq yuvish vositasidan
foydalaning. Junli matolar dasturida foydalanilganda
kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi va kirning
rangini o'chirishi mumkin.
WW90J6413CW_DC68-03505C-03_UZ.indd 25 2015/9/26 9:35:44

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения