Samsung WF60F4E5W2W [168/180] Очистка барабана eco eco barabanini tozalash

Samsung WF60F4E5W2W [168/180] Очистка барабана eco eco barabanini tozalash
32
Kir yuvish mashinasini tozalash
Kir yuvish mashinasini toza tutish uning ishlashini yaxshilaydi, keraksiz tamirlashlarga bo’lgan ehtiyojni kamaytiradi va uning ishlash
muddatini uzaytiradi.
DIQQAT: Hech qachon kir yuvish mashinasi ichida kirlar bo’lgan holda Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash) rejimidan
foydalanmang. Bu kirlarning shikastlanishiga yoki kir yuvish mashinasi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.
Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash)
Bu barabanni ichida to’planib qolishi mumkin bo’lgan mog’orlar yoki kirlarni ketkazuvchi o’z-o’zini tozalash rejimidir.
Tozalash tartibi
1. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.
2. Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash) rejimini tanlash uchun Sikl tanlovchisi-
ni aylantiring.
Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash) rejimi bilan faqat
Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) funksiyasidan foydalanish mumkin.
Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash) rejimi davomida suv
harorati 70 ˚C ga o’rnatiladi.
Suv haroratini o’zgartirib bo’lmaydi.
3. Agar siz barabanni tozalash vositasidan foydalangan holda tozalamoqchi bo’lsangiz,
asosiy yuvish bo’lmasiga kerakli miqdordagi tozalash vositasini qoshing va kir
yuvish vositalari uchun surma qutini yoping.
Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash) rejimi bilan tozalash
vositasidan foydalanishda EHTIYOT CHORALARI
Siz Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash) rejimidan
foydanganingizda barabanni tozalash vositasiz tozalashingiz mumkin. Agar
siz yaxshiroq natijaga erishish uchun bu rejim bilan tozalash vositasidan
foydalanishni xohlasangiz, quyidagi ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.
Barabanni tozalashning ikki xil tozalash vositalari, kukunli va suyuq tozalash
vositalari mavjud. Suyuq kir yuvish vositasidan foydalanish uchun suyuq kir
yuvish vositasi ushlagichini kir yuvish vositalari uchun surma qutining asosiy
yuvish kir yuvish vositasi bo’lmasiga joylashtiring va suyuq kir yuvish vositasini
asosiy yuvish bo’lmasiga
quying.
Tarkibida xlorli oqartirgich mavjud bo’lgan tozalash vositasidan
foydalanish mahsulot rangini ochirishi mumkinligi tufayli faqat tarkibida
kislorodli oqartirgich mavjud bo’lgan tozalash vositalaridan foydalaning.
Faqat barabanni tozalash vositasidan foydalaning.
Barabanni tozalash uchun faqat tavsiya qilingan tozalash vositalaridan
foydalaning.
Biz tozalash vositasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya qilingan
tozalash vositasi miqdorining faqat 10% dan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Hech qachon Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash) rejimi
bilan oddiy kir yuvish vositasidan foydalanmang.
4. Очистка барабана Eco (Eco barabanini tozalash) rejimini ishga tushirish uchun
Boshlash/To’xtatish tugmasini bosing.
Untitled-52 32 2013-05-23 �� 9:18:27

Содержание

Похожие устройства