Samsung WW60J6210DS/LP [207/228] Sozlanmalar

Samsung WW60J6210DW/LP [207/228] Sozlanmalar
O’zbekcha 35
Ishlatish amallari
Sozlanmalar
Bolalardan himoya qul
Bolalar tomonidan sodir etiladigan ko'ngilsiz
hodisalarni oldini olish uchun Bolalardan himoya qul
barcha tugmalarni qulaydi.
Boshlash/To’xtatish tugmasini bosmaguncha
bolalardan himoya qul faollashmaydi.
To'xtatib turish holatida, mashina eshigini ochishingiz
yoki tegishli tugmalarni bosgan holda sozlamalarni
o'zgartirishingiz mumkin. Ammo kir yuvish mashinasini
ishga tushirish uchun Boshlash/To'xtatish tugmasini
bosganda, Bolalardan himoya qul qayta faollashadi.
• Bolalardan himoya qul Quvvat tugmasidan
boshqa barcha tugmalarni qulaydi.
• Bolalardan himoya qul ni faollashtirish yoki
faolsizlashtirish uchun Температура (Harorat) va
Полоскание (Chayish) tugmalarni birgalikda 3
soniya bosib turing.
IZOH
Qo'shimchasiga yana yuvish vositasi qo'shish yoki
barabanga qo'shimcha kir solish yoki Bolalardan
himoya qul holatida kir yuvish sikli sozlamalarini
o'zgartirish uchun avval Bolalardan himoya qul ni
faolsizlashtirishingiz kerak.
Tovush yoq./o'ch.
Tugma tovushi, tovushli signal yoki ogohlantiruvchi
signalni yoqish yoki o'chirishingiz mumkin. Mashinani
qayta ishga tushirgandan so'ng, soz belgilagan sozlama
o'z kuchida qoladi.
• Tovushni o'chirish yoki yoqish uchun Полоскание
(Chayish) va Отжим (Siqish) tugmalarini
birgalikda 3 soniya bosib turing.
• Tovushni tiklash uchun yana shu tugmalarni 3
soniya bosib turing.
WW90J6413CW_DC68-03505C-01_UZ.indd 35 2015/4/8 13:28:31

Содержание

Похожие устройства