Samsung GE83DTRQW-1/BW [181/192] Suyuqliklarni isitish

Samsung GE83DTRQW-1/BW [181/192] Suyuqliklarni isitish
O'zbek - 37
06 TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
SUYUQLIKLARNI ISITISH
Suyukliklarning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech o'chirilgandan keyin
kamida 20 soniya kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan
keyin uni DOIMO aralashtiring. Suyuqliklarning qaynab ketishi va kuyib qolishni oldini olish
uchun ichimlik solingan stakanga qoshiqcha yoki shisha tayoqcha soling va isitish vaqtida
va isitgandan keyin uni aralashtiring.
Suyuqliklar va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida
foydalaning.
Oziq – ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Ichimliklar (qahva,
choy va suv)
150 ml (1 piyola)
250 ml (1 stakan)
800 Vt 1-1½
1½-2
Ko'rsatmalar
Suyuqlikni sopol idishga quying va qopqog'ini yopmagan
holda isiting. Idish/stakanni aylanuvchi patnisning
markaziga joylashtiring. Kutish vaqti davomida pechning
ichida qoldiring va yaxshilab aralashtiring.
1-2 daqiqa kuting.
Sho‘rva (sovitilgan)
250 g 800 Vt 3-3½
Ko'rsatmalar
Chuqur sopol tarelkaga quying. Teshiklarga ega bo'lgan
yopishqoq plyenka bilan yoping. Isitgandan keyin
yaxshilab aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval yana
aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Dimlangan go'sht yoki
baliq (sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
Dimlangan go'sht yoki baliqni chuqur sopol idishga soling.
Teshiklarga ega bo'lgan yopishqoq plyenka bilan yoping.
Isitish vaqtida vaqti – vaqti bilan aralashtirib turing va
kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan avval yana
aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Oziq – ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Sousli makaron
mahsulotlari
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 4½-5½
Ko'rsatmalar
Makaron mahsulotlarini (masalan, spagetti yoki tuxumli
ugra) tekis sopol idishga soling. Mikroto'lqinli pech
uchun mo'ljallangan yopishqoq plyonka bilan yoping.
Dasturxonga tortishdan avval aralashtiring.
3 daqiqa kuting.
Masalliqli sousli
makaron mahsulotlari
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6
Ko'rsatmalar
Masalliqli un mahsulotini (masalan, ravioli, chuchvara)
chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan
yoping. Isitish vaqtida vaqti – vaqti bilan aralashtirib turing
va kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan avval
yana aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Tayyor taom
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
2-3 ta sovutilgan masalliqlardan qilingan taomni sopol
idishga soling. Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan
yopishqoq plyenka bilan yoping. 3 daqiqa kuting.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd 37 2015-01-29  9:25:19

Содержание

Похожие устройства

Скачать