Samsung RB34K6220S4 Инструкция по эксплуатации онлайн [169/200] 262589

Samsung RB34K6220S4 Инструкция по эксплуатации онлайн [169/200] 262589
O'zbek 37
Ishlatish amallari
01 Muzlatgich / Kuchli sovitish (3 son)
Fridge
(Muzlatgich)
Sovitish haroratini sozlash uchun tegishli haroratni tanlashga Fridge
(Muzlatgich) tugmasini bosing.
Siz haroratni 1 °C bilan 7 °C o'rtasida o'rnatishingiz mumkin (sukut bo'yicha: 3
°C o'rnatilgan).
Power Cool
(Kuchli sovitish)
Power Cool (Kuchli sovitish) rejimida ventilyator maksimal tezlikda aylanib,
sovitish jarayonini tezlashtiradi. Muzlatgich ikki yarim soat davomida
maksimal tezlikda ishlaydi, keyin avvalgi haroratga qaytadi.
Power Cool (Kuchli sovitish) rejimini ishga tushirish uchun Fridge
(Muzlatgich) tugmasini 3 soniya davomida bosib turing. Tegishli chiroq (
) yonadi va muzlatgich sovitish jarayonini siz uchun tezlashtiradi.
Power Cool (Kuchli sovitish) rejimini o‘chirish uchun Fridge (Muzlatgich)
tugmasini 3 soniya davomida qaytadan bosib turing. Muzlatgich avvalgi
o'rnatilgan haroratga qaytadi.
IZOH
Power Cool (Kuchli sovitish) rejimidan foydalanilganda, quvvat iste‘moli
oshadi. Agar undan foydalanish zarurati bo'lmasa, o'chirib qo‘yib, avvalgi
haroratga qaytarishni unutmang.
02 Muzxona / Kuchli muzlatish (3 son)
Freezer
(Muzxona)
Freezer (Muzxona) tugmasidan muzlatgich haroratini o'rnatish uchun
foydalaniladi.
Mavjud harorat oralig'i -15 °C va -23 °C (standart: -19 °C).
Power Freeze
(Kuchli muzlatish)
Power Freeze (Kuchli muzlatish) rejimida ventilyator maksimal tezlikda
aylanib, muzlatish jarayonini tezlashtiradi. Muzxona 50 soat davomida
maksimal tezlikda ishlaydi va avvalgi haroratga qaytadi.
Power Freeze (Kuchli muzlatish) rejimini yoqish uchun Freezer (Muzxona)
tugmasini 3 soniya davomida bosib turing. Tegishli chiroq (
) yonadi va
muzlatgich muzlatish jarayonini siz uchun tezlashtiradi.
O‘chirish uchun Freezer (Muzxona) tugmasini yana 3 soniya davomida
bosib turing. Muzxona avvalgi o'rnatilgan haroratga qaytadi.
Katta miqdordagi oziq-ovqatni muzlatish uchun Power Freeze (Kuchli
muzlatish) rejimini oziq-ovqatni muzxonaga solishdan kamida 20 soat
oldin yoqib qo‘yish lozim.
IZOH
Power Freeze (Kuchli muzlatish) rejimidan foydalanganda, quvvat iste‘moli
oshadi. Agar sizda undan foydalanish zarurati bo'lmasa uni o'chirib avvalgi
haroratga qaytarishga unutmang.
Untitled-12 37 2016-08-19  4:51:12

Содержание

Похожие устройства