Samsung VC21K5130VB [66/84] Xavfsizlikka oid muhim yo l yo riqlar

Samsung VC21K5130VB [66/84] Xavfsizlikka oid muhim yo l yo riqlar
O‘zbek
4
TAYYORGARLIK
Xavfsizlikka oid muhim yo‘l-yo‘riqlar
Elektr jihozdan foydalanayotganda ehtiyot bo‘lish talab etiladi, jumladan:
OGOHLANTIRISH
Ushbu changyutkich faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan.
Bu changyutkichdan qurilish chiqindilari va qiyqimlarni tozalashda
foydalanmang.
Filtrlarda mayda zarrali chang yig‘ilmasligi uchun ularni muntazam
ravishda tozalab turing. Filtr shakli o‘zgargan bo‘lsa, uni almashtiring.
Changyutkichni birorta ltri olib tashlangan paytida ishlatmang.
Gilam tozalash vositasi, xushbo‘ylatgich, kukun yoki mayda zarrali
changni tortib olganidan so‘ng changquti va ltrlarni doim tozalang.
Bu talablarga rioya qilinmasa, ichki qismlarga zarar yetishi va kafolat
yo‘qqa chiqishi mumkin.
Umumiy
Barcha yo‘l-yo‘riqlarni diqqat bilan o‘qing. Jihozni yoqishdan oldin,
sizdagi elektr ta’minoti kuchlanishining changyutkich tagidagi tasnif
taxtachasida ko‘rsatilgan kuchlanishga mos kelishiga amin bo‘ling.
OGOHLANTIRISH : Gilam yoki pol ho‘l bo‘lganida, changyutkichni
ishlatmang.
Har qanday jihoz bolalar tomonidan yoki bolalar yaqinida
ishlatilganida, nazorat ostida tutish zarur. Changyutkichni o‘yinchoq
sifatida oynashlariga yo‘l qo‘ymang. Changyutkich hech qachon
nazoratsiz holda ishlab turmasin. Changyutkichdan faqat shu
yo‘riqnomada keltirilgan maqsadlardagina foydalaning.
Changyutkichni changqutisiz ishlatmang.
Yuqori samaradorlikda ishlashi uchun changquti to‘lmasidan oldin
bo‘shatib turing.
4_VC5100_UZ_00744G-00_CIS.indd 4 2016-05-17 오후 2:29:57

Содержание