Атлант ХТ 1002 Инструкция по эксплуатации онлайн [17/24] 300462

Атлант ХТ 1002 Инструкция по эксплуатации онлайн [17/24] 300462
17
UZB
DIQQAT! Kameradagi harorat raqamli indikatordagi
ko‘rsatkichlardan ±2
0
С ga farq qilishi mumkin.
DIQQAT! Oziq-ovqatlarni sifatli saqlash va elektr quvvatidan
samarali foydalanish uchun raqamli ko‘rsatkichni “3“ dan “8“
gacha ko‘lamda o‘rnatish tavsiya qilinadi.
Haroratning tayinlangan miltillovchi ko‘rsatkichini saqlab qolish
uchun
yoki tugmasini bosib, miltillash to‘xtaguncha va indikatorda
kameradagi joriy haroratning ko‘rsatkichi paydo bo‘lguncha ushlab
turish kerak.
Agar kamerada avval tayinlangan haroratga qaytish lozim bo‘lsa
(yangi ko‘rsatkichni saqlab qolmasdan),
yoki tugmasini qisqa
muddatga bosish yoki raqamli indikatorda joriy harorat ko‘rsatkichlarining
tiklanishigacha 10 soniya kutish kerak bo‘ladi.
DIQQAT! Raqamli indikatorda nosozlik bilan bog‘liq “E1”
ko‘rsatkichi yonishi mumkin.
2.4 SOVUTGICHNING AVTOMATIK ERISH TIZIMI
2.4.1 Sovutgichda avtomatik erish tizimidan foydalaniladi. Kamera
bug‘latgichida paydo bo‘ladigan qirov davriy ishlovchi kompressor
o‘chirilganidan so‘ng eriydi va suv tomchilariga aylanadi. Erigan suv
tomchilari 4 rasmiga muvofiq ariqchaga, undagi teshik orqali quvurcha
bo‘ylab kompressordagi idishga tushadi va bug‘lanadi.
Suv to‘kish tizimining tiqilib qolishi oldini olish uchun ariqcha
teshigiga simcho‘tka o‘rnatilgan.
2.4.2 Doimiy ravishda (kamida har 3 oyda 1 marta) ariqcha tozaligini
va ariqchada suv to‘planib qolmaganligini tekshirib turish zarur.
Ariqchada suv to‘planib qolishi suv to‘kish tizimining tiqilib
qolganligidan darak beradi. Tiqilganlikni bartaraf etish va suv hech qanday
to‘siqsiz idishga oqib tushishi uchun ariqcha teshigini simcho‘tka bilan
tozalash, simcho‘tkani yuvish va 4 rasmiga muvofiq o‘rnatish lozim.
Sovutgichdan tiqilib qolgan suv to‘kish tizimi bilan foydalanish
TA’QIQLANADI. Kamera tagida paydo bo‘lgan yoki 4 rasmiga muvofiq,
kamera ichki shkafi va burchak tutashgan joyga tushib qolgan suv
sovutgich tashqi shkafining va sovutish agregati qismlarining chirishiga,
issiqlik izolatsiyasini buzilishiga, ichki shkafda yoriqlar paydo bo‘lishi
hamda sovutgichning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
2.5 SOVUTGICHNI TOZALASH
2.5.1 Sovutgichni tozalash uchun quyidagilarni bajarish lozim:
– sovutgich elektr tarmog‘idan uzib o‘chiriladi;
– barcha oziq-ovqatlar sovutgichdan chiqarib olinadi;
– sovutgich yuviladi va quruq qilib artiladi.
2.5.2 To‘rni, kompressorni va 5 rasmiga muvofiq to‘r ortidagi uning
yonida joylashgan barcha narsalarni bir yilda kamida ikki marta tozalab
turish lozim. To‘rni yechib olish uchun gayka kaliti bilan 4 ta boltni burab
chiqarish kerak. Tozalab bo‘lgandan keyin teskari tartibda o‘rnatish lozim.
2.5.3 Kondensatorni 6 rasmiga muvofiq, avval panelni yechib olib,
chang yutgich vositasida yiliga kamida ikki marotaba tozalab turish kerak.
Panelni yechish uchun ikki qo‘l bilan 7 rasmiga muvofiq uning
pastki qismidan ushlash va tortish kerak. Tozalab bo‘lingandan so‘ng
panel teskari tartibda o‘rnatiladi va ikkala qo‘l bilan o‘rtasiga shiqillash
eshitilguncha bosib mahkamlanadi.
2.6 Agar sovutgichning endigina yopilgan eshigi ochilmayotgan
bo‘lsa, kamera ichidagi bosim tashqaridagisi bilan barobar bo‘lguncha
bir necha daqiqa kutish va eshikni ochish lozim bo‘ladi.
4 rasmi
ariqcha
quvurcha
kompressor
idish
bug‘latgich
simcho‘tka
panel
kondensator
tutqich
tayanch (old)
tayanch (orqa)
kamera
pirpiragi
pirpirak
burchak
ichki shkaf
6 rasmi
kondensator
7 rasmi
panel
5 rasmi
to‘r idish kompressor
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Содержание

Похожие устройства