Samsung RB33J3420SS/WT [86/100] Sovutkichni tekis joylashtirish

Samsung RB33J3420SS/WT [86/100] Sovutkichni tekis joylashtirish
18_ sozlash
SOVUTKICHNI TEKIS
JOYLASHTIRISH
Agar jihozning old tomoni orqa tarafidan sal
yuqoriroq bo‘lsa, eshik ancha oson yopilishi va
ochilishi mumkin.
1-holat) Jihoz chap tomonga pastga egilmoqda.
Chap sozlovchi oyoqchani strelka yo‘nalishi bo‘ylab
jihoz tekis holatga kelguncha aylantiring.
2-holat) Jihoz o‘ng tomonga pastga egilmoqda.
O‘ng sozlovchi oyoqchani strelka yo‘nalishi bo‘ylab
jihoz tekis holatga kelguncha aylantiring.
< 1-holat >
< 2-holat >
SOVUTKICHNI TOZALASH
Mana endi, yangi sovutkichingizni o‘rnatib
bo‘ldingiz va bu jihozniing barcha qulayliklari va
funksiyalarini sozlash va ulardan foydalanish uchun
tayyorsiz.
Ushbu bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlash bilan
sovutkich to‘liq ishchi holatiga o‘tadi.
Agar ishga tushmagan bo‘lsa, birinchi navbatda
elektr toki ta’minotini va elektr manbaini
tekshiring yoki ushbu qo‘llanma oxirida keltirilgan
nosozliklarga barham berish bo‘limiga murojaat
qiling.
Agar boshqa savollaringiz bo‘lsa, Samsung
Electronics servis markaziga murojaat qiling.
1. Sovutkichni qulay joyga qo‘ying va devor va
sovutkich orasida yetarlicha bo‘sh joy qolsin.
Ushbu qo‘llanmada keltirilgan o‘rnatish
ko‘rsatmalariga amal qiling.
2. Sovutkicdan foydalanishdan oldin pastdagi
rasmda ko‘rsatilgandek, tokcha burchaklaridagi
o‘ramlarni olib tashlang.
(Bu o‘ramlar tashish vaqtida sovutkichni
mustahkam bo‘lishini ta‘minlashda
foydalaniladi.)
3. Sovutkich elektr tokiga ulanganidan so‘ng,
eshikni ochganingizda uning ichki chiroqlari
yonishiga ishonch hosil qiling.
4. Haroratni nazorat qilish tizimini eng sovuq
haroratga qo‘ying va bir soat kuting.
Muzlatkich ozroq sovishi va motor ravon
ishlashi lozim.
5. Sovutkich ishga tushirilgandan so‘ng tegishli
haroratga yetishi uchun bir necha soat kerak
bo‘ladi.
Sovutkich harorati yetarlicha soviganidan so‘ng
siz sovutkich ishiga oziq-ovqat mahsulotlari va
ichimliklarni qo‘yishingiz mumkin.
Sovutkich yoqilganidan so‘ng ovozli
signal chalinadi. Freezer (muzlatkich)
yoki Fridge (sovutkich) tugmasini bosing.
(Faqat Coolselect zone (sovuqlikni tanlash
zonasi) funksiyasi bor modelda)
19-sahifadagi “Boshqaruv panelidan
foydalanish” bo‘limiga qarang.
DA68-02833R-25.indb 18 2017. 7. 26. �� 1:56

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения