Samsung DW50H4030BB [178/208] Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish

Samsung DW50H4030BB [178/208] Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish
22_ Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish
YUMSHATKICHGA TUZ SOLISH
Idish yuvish mashinasi uchun mo'ljallangan tuzdan foydalaning.
Tuz idishi pastki tokchaning tagida joylashgan, unga tuz quyidagicha solinadi:
DIQQAT
Faqatgina idish yuvish mashinasi uchun mo'ljallangan tuzdan foydalaning! Idish yuvish mashinasi uchun
mo'ljallanmagan boshqa tuzlar, ayniqsa osh tuzi suvni yumshatkichga zarar yetkazadi. Mos kelmaydigan tuzni
ishlatish oqibatida zarar yetkazilsa, ishlab chiqaruvchi hech qanday kafolat bermaydi va bunday zarar uchun javobgar
bo'lmaydi.
Faqatgina to'liq yuvish dasturlaridan birini boshlash oldidan tuz soling. Shunda tuz bo'laklari yoki tuzli suv yoyilib,
mashina tagida qolib ketishining oldi olinadi, aks holda bu yemirilishga olib kelishi mumkin.
Yuvishning birinchi siklidan so'ng boshqaruv panelining chirog'i o'chadi.
1. Pastki savatni olib tashlab, tuz idishining qopqog'ini burab oching.
Ochish
Ochish
2. Idishga birincha marta tuz solayotgan bo'lsangiz, 2/3 qismini suv bilan to'ldiring (1 litr atrofida).
3. Voronka (komplektda bor) uchini teshikka
joylab, 1,5 kg atrofida tuz soling. Tuz idishidan
ozgina suv toshib chiqishi mumkin, bu normal
holat.
4. Qopqog'ini ehtiyot qilib joyiga burab qo'ying.
5. Tuz idishiga tuz solingach, tuz haqida ogohlantiruvchi chiroq o'chishi kerak.
Boshqaruv panelidagi tuz haqida ogohlantiruvchi chiroq yonganida idishga tuz solish kerak. Idishdagi tuz yetarli
bo'lsa ham, u to'liq erib ketmagunicha indikator chirog'i o'chmay turishi mumkin.
Boshqaruv panelida ogohlantirish chirog'i yo'q bo'lsa, mashina nechta sikl ishlaganiga qarab, qachon tuz solish
kerakligini hal qilasiz.
Mashina ichiga ko'p miqdorda tuz to'kilgan bo'lsa, uni tozalash uchun oldindan yuvish dasturini ishga tushiring.
Yuvish vositasi va suvni yumshatkich
ishlatish
DW4000H_DD81-01701A-03_UZ (CIS)_150831.indd 22DW4000H_DD81-01701A-03_UZ (CIS)_150831.indd 22 2015-08-31  7:04:582015-08-31  7:04:58

Содержание

Похожие устройства

Скачать