Samsung NV64R3531BS [135/176] Bu foydalanuvchi qo llanmasida quyidagi belgilar ishlatilgan

Samsung NV64R3531BS [135/176] Bu foydalanuvchi qo llanmasida quyidagi belgilar ishlatilgan
O'zbek 3
Ushbu qo‘llanmadan foydalanish
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
SAMSUNG ichki qurilgan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.
Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan foydalanish, unga
texnik xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan ko'rsatmalar mavjud.
Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib chiqing va
undan kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Bu foydalanuvchi qo‘llanmasida quyidagi belgilar ishlatilgan:
OGOHLANTIRISH
Jiddiy jarohat olish, o‘lim va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatar
va ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Jarohat olish va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatar va
ehtiyotsizliklar.
IZOH
Mahsulotni ishlatishga oid foydali maslahatlar, tavsiyalar yoki ma’lumotlar.
Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi kerak.
O'rnatuvchi ushbu qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tavsiyalarga
amal qilgan holda ulash uchun javobgardir.
Xavfsizlikka oid muhim ehtiyot choralari
OGOHLANTIRISH
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati
cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar
(jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas. Ularning
xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan
foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat
qilib turgan hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib
turishingiz kerak.
Sim o‘tkazish qoidalariga ko‘ra, uzish vositalari ham birga
o‘rnatilishi lozim.
Ushub moslama o'rnatilgandan so'ng elektr manbaidan
ajratilishga ruxsat berilishi kerak. Vilkaga qo‘l yetkizish
mumkin bo‘lgan yoki ulash qoidalariga asoslangan holda
statsionar prokladkadagi elektr zanjirini uzgichni qo'shish
orqali uzilishga erishsa bo'ladi.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa,
xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning
xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak.
Ushbu qo‘llanmadan foydalanish
NV64R3531BB_WT_DG68-00893E-00_RU+UK+KK+UZ.indb 3 2019-07-01  2:56:10

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения